Airalo hisoblari xavfsizligini taʼminlash uchun hisobingizga yangi kirish amali aniqlanganida sizga bildirishnoma yuborishimiz mumkin.
Agar yangi kirish amali haqida email olsangiz, hisobingizga yangi joy yoki yangi qurilmadan kirgan boʻlishingiz mumkin.
Yangi kirish amali aniqlanganida sizga kirish sanasi, vaqti, joylashuvi va kirish uchun ishlatilgan qurilma haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan emailni yuboramiz.
Bu emailni olganimda nima qilishim kerak?
Agar ushbu kirish amali sizga tanish boʻlsa, hech narsa qilishingiz shart emas.
Agar bu kirish amali sizga notanish boʻlsa, hisobingizni himoya qilish uchun parolni tozalash tavsiya etiladi. Parolingizni tozalasangiz, barcha qurilmalarda hisobingizdan chiqib ketiladi.
Hisobimda boshqa shubhali harakatlarni aniqlasam, nima qilishim kerak?
Agar hisobingizda boshqa shubhali harakatlarni, masalan, notanish xaridlarni aniqlasangiz, darhol parolni tozalash tavsiya etiladi.
Hisobingizda natish xaridlarni payqasangiz, mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qiling – sizga yordam bera olishimiz uchun qoʻshimcha tafsilot va maʼlumotlarni taqdim qilishingiz kerak boʻlishi mumin.
Boshqa muammo yoki savollaringiz boʻlsa, har doim bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va har doim yordamga shaymiz.