Kirish vaqti tugagani haqidagi xabarni qanday hal qilaman?

Airalo veb-saytida hisobga kirishda tez-tez vaqt tugaganini taʼkidlovchi muammolarga duch kelyapsizmi? Bu hafsalani pir qilishini tushunamiz va buni hal qilishda sizga yordam beramiz. 

Kirish vaqtining tugashi holatlari hafsalani pir qilishi mumkin, lekin ular hisobingiz xavfsizligi va server bararorligini taʼminlashga yordam beradi. Bu maqolada bayon qilingan qadamlarni bajarish orqali kirish vaqtining tugashi muammosini hal qilish va kelgusida bu muammodan saqlanish choralarini koʻrishingiz mumkin.

Mobil ilova:

Veb-brauzer:

Kirish vaqti tugaganda nima qilish kerak:

  1. Ortga hisoblash taymerini kuting: Kirish vaqti tugashiga duch kelganingizda, eng yaxshi harakat yo'nalishi sabr bilan kutishdir. Odatda kirish sahifasida yana kirishga urinishdan avval kutishingiz kerak boʻlgan vaqtni koʻrsatuvchi teskari sanoq taymeri chiqadi. Bu taymer serverlarimizda ortiqcha yuklamaning oldini olish va hisobingiz xavfsizligini taʼminlash uchun oʻrnatilgan.
  2. Hisob maʼlumotlaringizni tekshiring: Ortga hisoblash taymerining tugashini kutayotganda, tizimga kirish uchun hisob maʼlumotlaringizni ikki marta tekshiring. Toʻgʻri foydalanuvchi nomi va paroldan foydalanayotganingizga ishonch hosil qilingg. Baʼzida kirishga oid muammolarni, shunchaki, toʻgʻri maʼlumotlarni kiritish orqali hal qilish mumkin.
  3. Brauzer keshini va cookie-fayllarini tozalash: Ba'zan, kirish bilan bog'liq muammolar veb-brauzeringizdagi keshlangan ma'lumotlardan kelib chiqishi mumkin. Brauzeringiz keshi va cookie fayllarni tozalash bu muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin. Kesh va cookie fayllarni tozalash koʻrsatmalari brauzerga qarab farq qiladi, shu sababli, aniq yoʻl-yoʻriqlarni koʻrish uchun brauzeringizning yordam qoʻllanmasi bilan tanishing.
  4. Boshqa brauzer yoki qurilmadan foydalaning: Agar tizimga kirishda vaqt tugashi davom etsa, boshqa veb-brauzer yoki qurilmadan foydalanib koʻring. Bu mavjud muammo joriy sozlamalar bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini aniqlashga yordam beradi.
  5. Yordam xizmatiga murojaat qiling: Agar siz ushbu amallarni bajargan boʻlsangiz va ortga hisoblash taymerining muddati tugagandan keyin tizimga kira olmasangiz, qoʻllab-quvvatlash jamoamiz bilan bogʻlanish vaqti keldi. Biz bu muammoni oʻrganib chiqamiz va mos ravishda yordam koʻrsatamiz.

Kelajakda tizimga kirish vaqti tugashining oldini olish bo'yicha maslahatlar: Kelajakda tizimga kirish vaqti tugashining oldini olish uchun quyidagi maslahatlarni ko'rib chiqing:

  1. Kuchli paroldan foydalaning: Parolingiz kuchli va unikal boʻlsin. Taxmin qilish oson boʻlgan axborotdan foydalanmang.
  2. Parollar menejeri: Kirish maʼlumotlaringizni xavfsiz tarzda saqlash va boshqarish uchun parollar menejeridan foydalaning.
  3. Kirishga urinishlarni cheklang: Koʻp marta ketma-ket kirishga urinishdan saqlaning. Agar parolingizni esdan chiqarib qoʻysangiz, uni Parolni unutdim xususiyati yordamida tiklang.
  4. Ilova yoki brauzeringizni muntazam yangilang: Ilova va brauzerni muntazam yangilab turish kirishga oid muammolarning oldini olishga yordam berishi mumkin.

Savollaringiz boʻlsa,yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x