Agar eSIM ishlayotgan boʻlsa-yu, internet tezligi noodatiy darajada sekin tuyulsa, bir nechta omil eSIM aloqa tezligiga taʼsir qilayotgan boʻlishi mumkin.
- Tarmoqda tirbandlik (bir vaqtning oʻzida koʻplab odamlar tarmoqdan foydalanmoqda)
- Operator bergan ustuvorlik (mahalliy operatorlar oʻz foydalanuvchilariga ustuvorlik berishi mumkin)
- Mahalliy tarmoq kuchi va qamrovi
- Qurilma konfiguratsiyasi yoki eskirgan dasturiy taʼminot
Aloqani yaxshilash uchun quyidagi nosozliklarni bartaraf qilish qadamlarini bajaring.
Sekin internet tezligini qanday tuzatish mumkin?
Sekin internetni tuzatish uchun quyidagi qadamlarni bajaring – har bir qadamdan keyin tezlik oshgan yoki oshmaganini tekshiring.
Qamrov hududini tekshiring
eSIM ishlashi moʻljallangan mamlakat yoki mintaqada ekaningizga ishonch hosil qiling.
Masalan, Fransiye eSIM faqat Fransiyada paytingiz ishlaydi.
Mobil aloqasini asliga qaytaring
Parvoz rejimini yoqing, 30 soniya kuting va uni faolsizlantiring.
Bu telefonni mahalliy tarmoqqa ulanishga majbur qiladi.
Qurilmangizni qayta ishga tushiring
Qurilmangizni butunlay oʻchiring, bir daqiqa kuting va uni qayta yoqing.
Bu tarmoq aloqasini yangilaydi va vaqtinchalik muammolarni hal qilishga yordam beradi
Tarmoqni qoʻlda tanlang
Agar tarmoqni avtomatik tanlash yoqilgan boʻlsa, uni faolsizlantiring va dastaklanadigan tarmoqlardan birini qoʻlda tanlang.
Agar rejangiz bir nechta tarmoqni dastaklasa, qaysi biri yaxshiroq ekanini tekshrirish uchun har birini sinab koʻring.
eSIM uchun mavjud tarmoqlarni oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalarning “Internetdan foydalanish” ruknidan topasiz. Tarmoqni qoʻlda tanlash uchun tarmoqni tanlashga aloqador qadamlarni bajaring.
3G tarmoqqa almashing (agar dastaklansa)
Agar eSIM va qurilmangiz 3G tarmoqni dastaklasa, vaqtincha Faqat 3G rejimiga almashing. Bu 4G, 5G yoki LTE qamrovi zaif yoki beqaror boʻlgan hududlarda tarmoq barqarorligini yaxshilashga yordam beradi. Aloqa barqarorlashgach, 4G yoki undan yuqori tarmoqlarga qaytadan almashishingiz mumkin.
Tarmoqni asliga qaytaring
Tarmoq sozlamalarini asliga qaytarish aloqangizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan Wi-Fi tarmoqlar, VPN yoki xato APN sozlamalari kabi eskirgan yoki ziddiyatli sozlamalarni tozalash orqali sekin tezlikni yaxshilashi mumkin. Bu qurilmaning mobil tarmoqqa toʻgʻri ulanishi uchun yangi imkoniyat yaratadi, natijada tezlik yaxshilanadi va samaradorlik barqarorlashadi.
Muhim: Bu qadam barcha tarmoq sozlamalari, jumladan, quyidagilarni tozalab tashlaydi:
- Saqlangan Wi-Fi tarmoqlar va parollar
- VPN sozlamalari
- APN (ulanish nuqtasi nomi) sozlamalari
Yodda tuting, faqat barcha koʻrsatilgan sozlamalarni qayta kiritishga tayyor boʻlsangizgina tarmoq sozlamalarini asliga qaytarishingiz kerak.
Qurilmani yangilang
Telefoningizda mavjud eng oxirgi dasturiy taʼminot versiyasi ishlatilayotganiga ishonch hosil qiling.
Shaxsiy maʼlumotlar yoʻqotilmasligi uchun har doim yangilashdan oldin maʼlumotlaringizni zaxiralang.
Yana qanday boshqa qurilma sozlamalarini tekshirishim kerak?
Internet-rouming
Ayrim eSIM'lar uchun internet-roumingni yoqishni talab etiladi, buni qurilma sozlamalari orqali qilish mumkin. Agar talab etilsa, “Internetdan foydalanish“ ruknidagi qadamlarni bajargan holda eSIM uchun internet-roumingni yoqing.
iOS qurilmalarda alohida eSIM'lar uchun internet-roumingni yoqishingiz mumkin, rouming toʻlovlarining oldini olish uchun birlamchi SIM kartangiz faolsizlantirilganiga ishonch hosil qiling.
Android qurilmalarda internet-rouming ishlatilayotgan barcha eSIM'lar uchun tatbiq etiladi, rouming toʻlovlarining oldini olish uchun birlamchi SIM kartangiz faolsizlantirilganiga ishonch hosil qiling.
APN (ulanish nuqtasi nomi)
Ayrim eSIM'lar muayyan ulanish nuqtasi nomini (APN) qurilma sozlamalariga kiritishni talab qiladi. Buni ilovada oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalarda topishingiz mumkin, aksariyat hollarda, APN avtomatik sozlanadi.
Agar APN avtomatik sozlanmasa, uni nusxalash va joylash uchun “Internetdan foydalanish” ruknidagi qadamlarni bajaring.
Agar yana savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha yordam talab qilinsa bizning yordam jamoamizga murojaat qiling – biz 24/7 yordamga tayyormiz va har doim yordam berishdan mamnunmiz.