Airaloʼda ishlash.
Imkoniyatlar dunyosini kashf qiling.
Yangi sarguzasht uchun tayyormisiz? Butun dunyo boʻylab tezkor aloqa imkoniyatini taʼminlash maqsadimiz yoʻlida bizga qoʻshiling.
Airalo'dagi barcha boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnaltiradi.
Xodimlarimiz
Jamoamiz 44 dan ortiq mamlakat va oltita qit’a boʻylab faoliyat yuritadi. Bizni birlashtirib turadigan vosita bu muloqot usulini oʻzgartirishga boʻlgan ishtiyoqimizdir.
Qadriyatlarimiz
Biz xilma-xillik, inklyuzivlik va tenglikni qadrlaymiz. Tashkilotimiz turli tarix va noyob tajribaga ega bir nechta qit’alarni qamrab oladi.
Egalik
Empatiya
Haqiqiylik
Iteratsiya
Airalo'ning Qadriyatlarimiz sahifasiga yoʻnaltiradi
Missiyamiz
Airalo kompaniyasining missiyasi butun dunyo boʻylab tezkor ulanish imkoniyatini taʼminlashdir. Biz dunyoni rouming cheklovlaridan ozod qilish va har kimga istalgan joydan ulanishga yordam berishga intilamiz.
Kompaniyamizda ishlashning afzalliklari
Uskunalar va texnologiyalar
Bizning uskuna va texnologiyalarimiz samarali ishlash va aloqada qolish imkonini beradi.
Masofaviy xoqimlarga yordam
Biz qulay ish sharotini sozlashi va istalgan yerdan ishlashi uchun har bir xodimga stipendiya beramiz.
Salomatlikni tiklash uchun mablagʻ
Biz oʻzingizni imkon qadar yaxshi his qilishingizni xohlaymiz. Xodimlarimizga har yili salomatligi va farovonligini mustahkamlashga qaratilgan salomatlikni tiklash mablagʻi beriladi.
Tibbiy bonuslar
Salomatlik va farovonlikni dastaklaydigan bonuslar: kompleks tibbiy xizmatlar paketi siz uchun moslangan.
Airmoney
Airalo bilan dunyoni kashf eting. Yillik Airmoney bonusini oʻzingiz va oilangiz butun dunyoda eSIM kartalardan foydalanishi uchun ishlating.
Taʼlim va rivojlanish
Yillik 500$ budjet bilan rivojlanish surʼatini tezlashtiring. Uni kurslar, kitoblar va boshqa professional materiallarga ishlating (xarajatlar qoplab beriladi). Taʼlim uchun qoʻshimcha kun kerakmi? Bunday kunlar qoʻshimcha yillik taʼtil sifatida kiritiladi.
Airalo akademiyasi
Airalo akademiyasining yillik hordiq tadbirida shaxsiy munosabatlar qudratini his qiling. Jamoa aʼzolari mezbon mamlakatda 4 tun va 5 kunga birlashadi, barcha xarajatlar qoplanadi. Bu jamoaviy aloqa, salomatlik va goʻzallik uygʻunligidir.
Xalqaro kompaniya
Kompaniyamizda dunyoning barcha nuqtalaridan boʻlgan xodimlar faoliyat yuritadi va aynan ular sababli Airalo ajoyib tashkilotga aylangan.
Boʻlimlar
Ishga olish jarayoni
Ariza
Airaloʼda orzungizdagi ishni topdingizmi? Birinchi qadamni qoʻying – oʻzingiz qiziqqan lavozim(lar)ga ariza topshiring! Odatda biz ariza topshirilgandan keyin bir hafta ichida javob beramiz.
Savol-javobga qarang
Suhbat
Agar hammasi silliq kechsa, Airalo jamoasi bilan bir nechta suhbatni tashkillashtiramiz. Qiziquvchan boʻling, savollar bering va eng muhimi – oʻzingizni boringizcha namoyon qiling. Biz siz bu lavozimga eng mos nomzod ekanligingizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz.
Savol-javobga qarang
Qaror
Suhbatdan keyin ishga olish jamoasi tegishli lavozimga mos yoki mos emasligingiz haqida qaror chiqaradi. Agar sizni mos deb topishsa, Airalo jamoasiga rasmiy tarzda taklif etilasiz.
Savol-javobga qarang
Airalo jamoasiga qoʻshiling
Ishga qabul qilmoqdamiz! Airalo bilan orzungizdagi ishni toping.
Barcha vakansiyalar
Turkiya
Xitoy
Tailand
AQSH
Singapur
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Yaponiya
Braziliya
Birlashgan Arab Amirliklari
Meksika
Janubiy Koreya