Airalo haqida
Katta rouming to‘lovlari, telefon xizmatining ishlamasligi, bepul Wi-Fi qidirish — bu narsalar bizga ham yoqmadi. Shuning uchun Airalo kompaniyasiga asos soldik.
Airalo nima?
Airalo – dunyodagi birinchi eSIM doʻkoni. Biz eSIM'lar, yaʼni raqamli SIM kartalar xorijda yuqori rouming toʻlovlari muammosini hal qilishga yordam berishi mumkinligini angladik. Hozirda biz butun dunyo boʻylab 200 dan ortiq hududda moslashuvchan va hamyonbop qamrovga ega eSIM'larni taklif etamiz.
Missiyamiz
Airalo kompaniyasining missiyasi barcha uchun global internet ulanishini ta’minlashdir. Biz sizni rouming cheklovlaridan ozod qilish va yillar davomida saqlanib qolgan muammolarni hal qilish uchun shu yerdamiz.
Qisqacha maʼlumot
2019
Asos solingan yil
20 mln+
Foydalanuvchi
200+
Mamlakat va mintaqada ishlaydi
Hissamiz
Xalqaro tashkilot sifatida Airalo imkon qadar koʻproq odamlarning hayotiga taʼsir qilish va yaxshilashga harakat qilmoqda. Kamerundagi “Toza suv” tashabbusimiz, “Children International” bilan rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarga homiylik qilish boʻyicha olib borayotgan ishlarimiz, shuningdek, Ukraina, Myanma va Avstraliya uchun tashkil etgan turli yordam jamgʻarmalarimiz shular jumlasidandir.
Airalo taʼsiri sahifasiga yoʻnaltiradi
Qadriyatlarimiz
Airalo bu – xilma-xillik, inklyuzivlik va tenglikni qadrlaydigan tashkilot. Turli anʼanalar va noyob tajribaga ega boʻlgan, bir necha qit’alarni qamrab olgan xalqaro tashkilot sifatida biz har kuni oʻz maqsadimiz – barcha uchun global aloqani taʼminlashga intilamiz.
Egalik
Empatiya
Haqiqiylik
Iteratsiya
Qadriyatlarimiz sahifasiga yoʻnaltiradi.
Jamoamiz
Biz bir necha qit’alarni qamrab olgan haqiqiy xalqaro tashkilotmiz. Jamoamiz a’zolarining barchasi masofadan turib ishlaydi, lekin biz yil davomida bir-birimiz bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatini yaratamiz.
Airalo'da ishlash sahifasiga yoʻnaltiradi

Apple App Store doʻkonining Airalo sahifasiga yoʻnaltiradi.
Google Play doʻkonining Airalo sahifasiga yoʻnaltiriladi.