“Bu kod endi yaroqli emas” xatosi chiqyapti

Avval qoʻshilgan eSIM kartani qoʻshishga urinsangiz yoki yomon aloqa sababli QR kod qisman skanerlangan boʻlsa, ushbu xato haqidagi xabar chiqadi.

eSIM karta oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganini tasdiqlash uchun quyidagi harakatlarni bajaring:

  • Sozlamalar ruknini oching
  • Umumiy rukniga kiring
  • Haqida rukni ustiga bosib, varaqlab pastga tushing

eSIM oʻrnatilgan va yoqilgan boʻlsa, shuningdek, Uyali tariflar ruknida eSIM raqami yoniq boʻlsa, ICCID [RAQAM] + qoʻshimcha raqamni koʻrasiz.

Agar eSIM olib tashlangan boʻlsa, uni yangidan oʻrnata olmaysiz!

Boshqa tomondan, agar bu eSIM kartani birinchi marta oʻrnatayotgan boʻlsangiz, ushbu xatolik xabari yomon aloqad, yoniq VPN yoki qurilmada juda koʻp eSIM oʻrnatilgani sababli chiqayotgan boʻlishi mumkin.

eSIM kartani muvaffaqiyatli oʻrnatish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

  1. VPN ilovasini faolsizlantiring
  2. Yaxshi va barqaror internet aloqasini taʼminlang. 
  3. Ortiq ishlatilmayotgan eSIM kartalarni olib tashlang.
  4. Dasturiy taʼminot oxirgi versiyaga yangilanganini tekshiring. 
  5. eSIM kartani avvalgisidan boshqa oʻrnatish usuli orqali oʻrnatishga urining.

Yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling. 

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x