Samsung Galaxy S22 qurilmasida Airalo eSIM kartani oʻchira olmayapman. Nima qilsam boʻladi?

Ayrim Samsung Galaxy S22 foydalanuvchilari Airalo eSIM profilini qurilmasidan oʻchira olmayotgani yoki SIM-karta menejeri dasturiy taʼminot xatoligi tufayli yuklanmayotgani haqida shikoyat qilgan.  Bu muammo hafsalani pir qilishi mumkin, lekin xavotir olmang – bu muammoni hal qilish uchun Samsung dasturiy taʼminot yangilanishini chiqargunicha eSIM kartalaringizni boshqarishga yordam beruvchi vaqtinchalik yechimlar mavjud. Dasturiy taʼminot yangilanishlarini tekshiring. Agar yangilanish mavjud boʻlsa, uni yuklab oling va oʻrnating.
  1. Sozlamalar ruknini oching.
  2. Varaqlab pastga tushing va Dasturiy taʼminotni yangilash tugmasini bosing.
  3. Yuklab olish va oʻrnatish tugmasini bosing.
Moddiy SIM-kartani chiqarib oling/kiriting. Bu harakat SIM-karta menejerini qayta yuklashga majbur qiladi.
  1. Slotni boʻshatish uchun SIM-kartani chiqarish ignasini tegishli teshikka tiqing.
  2. Slotni ehtiyotlik bilan uyadan tortib chiqaring.
  3. Moddiy SIM-karta slotga joylanganiga ishonch hosil qiling.
  4. Slotni SIM-karta uyasiga qayta kiriting.
Qurilmangizni qayta ishga tushiring. Shunchaki, qurilmani qayta ishga tushirish texnik muammolarni hal qilishi mumkin.
  1. Yon tugma va ovozni pasaytirish tugmasini birgalikda bosib turing.
  2. Qayta ishga tushirish tugmasini bosing.
  3. Yana Qayta ishga tushirish tugmasini bosing.
Tarmoq sozlamalarini asliga qaytaring. Bu amal barcha tarmoq sozlamalari, jumladan, Wi-Fi, Bluetooth va Mobil internet sozlamalarini asliga qaytaradi.
  1. Sozlamalar ruknini oching.
  2. Varaqlab pastga tushing va Umumiy boshqaruv tugmasini bosing.
  3. Asliga qaytarish tugmasini bosing.
  4. Tarmoq sozlamalarini asliga qaytarish tugmasini bosing.
  5. Tasdiqlash uchun Sozlamalarni asliga qaytarish tugmasini bosing.
Yuqoridagi amallarni bajargandan keyin ham Airalo eSIM profilini oʻchirib boʻlmasa, Samsung yoki operatoringizga murojaat qiling, chunki bu muammo qurilmaning dasturiy taʼminoti bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Savollaringiz boʻlsa,yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x