Android qurilmada eSIM orqali ulana olmayapman

Agar Samsung Galaxy qurilmadsia eSIM'ni oʻrnatgandan keyin internetga ulanishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, eSIM uchun Ulanish koʻrsatmalarini bajarganingizga ishonch hosil qiling.

Ulanish uchun koʻrsatmalarni qayerdan topish mumkin?

Ularni Airalo hisobingizdan topishingiz mumkin:

  1. eSIM kartalaim > eSIM > eSIM tafsilotlari > eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi rukniga kiring
  2. Yoki eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2 rukniga kiring

1-qadam: Internet uchun eSIM'ni yoqing

  1. Settings ruknini oching
  2. Ulanishlar rukniga kiring
  3. SIM karta menejeri tugmasini bosing
  4. eSIM yoqilganiga ishonch hosil qiling (agar yoqilmagan boʻlsa, uni yoqing)
  5. Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang

2-qadam: Dastaklanuvchi tarmoqqa ulaning

  1. Sozlamalar > Ulanishlar > Mobil tarmoqlar rukniga kiring
  2. Tarmoq operatorlari tugmasini bosing
  3. eSIM kartangizni tanlang
  4. Avtomatik tanlash parametrini faolsizlantiring
  5. Airalo ilovasida ulanish uchun koʻrsatmalarda koʻrsatilgan tarmoqni tanlang

3-qadam: APN sozlamalarini yangilang (agar talab etilsa)

  1. Quyidagi ruknlarni oching: Sozlamalar > Aloqa > Mobil tarmoqlar > Ulanish nuqtalari
  2. eSIM kartangizni tanlang
  3. Qoʻshish tugmasini bosing
  4. APN'ni aynan Airalo ilovasida koʻrsatilgani kabi kiriting
  5. OK tugmasini bosing
  6. Nom maydoniga APN yorligʻi sifatida Airalo deb yozing
  7. Boshqa maydonlarni boʻsh qoldiring
  8. Yuqori oʻng burchakdagi uch nuqtali menyusiga tegining va Saqlash tugmasini bosing
  9. Ushbu yangi APN tanlanganiga ishonch hosil qiling

4-qadam: Internet-roumingni yoqing (agar talab etilsa)

  1. Sozlamalar > Ulanishlar > Mobil tarmoqlar rukniga kiring
  2. Airalo ilovasidagi koʻrsatmaga asosan, internet-roumingni yoqing yoki faolsizlantiring

Ushbu qadamlarni bajargandan keyin Airalo eSIM internetga ulanishi kerak. Yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatimizga murojaat qiling – biz 24/7 rejimida ishlaymiz va mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x