Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Hissamiz

Xalqaro tashkilot sifatida, Airalo barqarorlik, insonlar salomatligi, xavfsizligi va farovonligini mustahkamlashga qaratilgan koʻplab tashabbuslarga investitsiya kiritgan. Global adolat koʻplab shakllarda namoyon boʻladi. Biz hamma yerda va barcha uchun aloqaning taʼminlashiga qattiq ishonamiz. Qanday texnologiyani ishlatishingiz va qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar, bizning maqsadimiz – sizni aloqa bilan taʼminlashdir. Dunyo aholisi bir-biri bilan tobora oʻzaro bogʻlanib borarkan, texnologiyadan uning potensialidan toʻliq foydalanish erkinlik va imkoniyatdan zaruratga aylandi. Biz raqamli kelajak sari intilmoqdamiz, shu sababli, plastikka boʻlgan ehtiyoj va odatiy SIM karta chiqindilari miqdorini kamaytiruvchi ekologiya uchun zararsiz hamda innovatsion yechimlarni targʻib qilishda davom etamiz. Biz quyidagi tashabbuslarga boshchilik qilmoqdamiz:

Bir kishi yerga tiz choʻkib, gulni suv quygʻich bilan sugʻoryapti.

Yordam

Kompaniyamiz xalqaro aloqa bilan shugʻullanadi, shu sababli, biz har doim ehtiyoj mavjud joylarda aloqani taʼminlash uchun telekommunikatsiya infratuzilmamiz hamkorlik munosabatlarimizdan foydalanamiz. Biz quyidagilar uchun internet xizmatlarini taqdim etdik:

“Help Ukraine Connect” fondi, 2022

Airalo jamoasi urush tufayli qochishga majbur boʻlgan millionlab ukrainlarga yordam berish maqsadida “Help Ukraine Connect” fondini yaratdi. Toʻplangan mablagʻlar bevosita ushbu qiyin damlarda internetdan foydalanishga muhtoj ukrainlarga yoʻnaltiriladi.

Myanmadagi fuqarolik tartibsizliklari, 2021

Myanmadagi fuqarolik ziddiyati va tartibsizliklari vaqtida aloqa xizmatlari tanqisligi yuzaga keldi va aksariyat aholi muhim SIM kartalardan foydalana olmadi. Yaxshiyamki, Airalo eSIM xizmatlari faoliyati toʻxtamadi. Biz tez orada bu mintaqada maʼlumotlarni uzatish uchun yetakchi yechimga aylandik. Airalo kompaniyasi Myanma va dunyoning qolgan qismi orasidagi aloqani saqlash uchun vaqt, mablagʻ va resurs ajratdi.

Avstraliyadagi oʻrmon yongʻinlari, 2020

Airalo jamoasi yordam fondini tashkil qildi: Avstraliyada eSIM sotuvidan tushgan barcha daromadlar Avstraliyadagi oʻrmon yongʻinlaridan eng koʻp zarar koʻrganlarga yoʻnaltirildi.

Taʼlim va akademik yutuqlarni aks ettiruvchi kitoblar, bitiruv qalpogʻi, koʻzoynak, toʻq sariq shar atrofida aylanayotgan qalam hamda sariq yulduzdan iborat illustratsiya.

Taʼlim

Airalo bolalar fondi bolalarga homiylik qiluvchi xalqaro notijorat tashkilot – Children International bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu Airalo fondi rivojlanayotgan davlatlardagi bolalarni moliyalashtiradi: ularga oziq-ovqat, suv, boshpana va taʼlim masalalarida yordam beradi. Bizning maqsadimiz – kompaniyamizdagi har bir yangi xodim uchun bir nafar bolaga moliyaviy yordam koʻrsatishdir: umid qilamizki, Airalo kompaniyasini rivojlantirish orqali bu bolalar uchun ham yaxshiroq kelajak qurishga yordam beramiz.

Shisha shar ichida joylashgan suv joʻmragi, rang-barang dizayn bilan multfilm uslubida tasvirlangan.

Toza suv

Airalo markazda quduq qurish orqali Kamerundagi Babu shaharchasiga yordam bergan. Afrikaning qishloq joylarida har kuni millionlab odamlar toza, xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekadi. Butun dunyoda har toʻqqiz kishidan biri toza suvdan foydalanish imkoniga ega emas, lekin Afrika mintaqalarida bu koʻrsatkich yanada ayanchliroq – har toʻqqiz kishidan sakkiz nafari toza suv ichish imkoniga ega emas. Tegishli sifatga ega suvning mavjud emasligi kundalik va jiddiy muammodir. Suvsiz ekin yetishtirish, salomatlikni saqlash, maktabga borish va ishlash imkonsizdir. Bu zaruriy manbaning yetishmasligi maktab yoshidagi bolalarni muqarrar qashshoqlikka yetaklaydi. Xavfsiz ichimlik suvining mavjudligi yaxshiroq hayotga erishish yoʻlidagi ilk toʻsiqni yoʻqqa chiqaradi hamda muammolarni imkoniyatga aylantiradi – taʼlim, iqtisodiy farovonlik va salomatlikning yaxshilanishi sari yoʻl ochadi.

Yoritilgan ekranli uyali telefonning multfilm uslubidagi illustratsiyasi.

Ekologik barqarorlik

Plastmassa – sayyoramiz uchun ulkan yukdir, shu sababli, plastik SIM kartalar va ularning qadogʻiga boʻlgan ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiruvchi mahsulotni yaratganimizdan faxrlanamiz. Har yili 4 milliarddan ortiq SIM karta ishlab chiqariladi (keyinchalik tashlab yuboriladi); bu jarayonda millionlab tonna plastmassa ishlab chiqariladi, tonnalab yoqilgʻi yoqiladi va tobora kamayib borayotgan resurslar ishlatiladi. Butun dunyo ishlab chiqarish va yetkazishda imkon qadar ekologiyaga zararsiz amaliyotlardan foydalanishga intilar ekan, Airalo muntazam ravishda oʻz uglerod izini kamaytirishning yangi va innovatsion usullarini izlash majburiyatini zimmasiga olgan.

Ilovalar doʻkonlari
Qayerda boʻlsangiz ham, sizni qoʻllab-qoʻllaymiz
Yoʻl-yoʻlakay osongina eSIM'larni xarid qilish, boshqarish va balansini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling.
iOS ilovasini yuklab oling

Apple App Store doʻkonining Airalo sahifasiga yoʻnaltiradi.

Baho
4.7
Android ilovasini yuklab olish

Google Play doʻkonining Airalo sahifasiga yoʻnaltiriladi.

Baho
4.6