eSIM nima?

eSIM – bu eSIM dastaklanadigan qurilmalarda ishlatiluvchi ichki oʻrnatilgan SIM-kartadir. Bu aloqada qolishning ancha qulay va universal usulidir: telefonga internet paketini yuklab olishning oʻzi kifoya. Ortiq SIM-kartalarni olib yurish yoki almashtirish shart emas. Demak, ularni yoʻqotib qoʻyishdan xavotir olmasangiz ham boʻladi! Yodda tuting: eSIM faqatgina eSIM texnologiyasini dastaklaydigan va operatorga bogʻlanmagan qurilmalarda ishlaydi.  Qurilmangizda eSIM rejalarni ishlata olishingizga ishonch hosil qilish uchun eSIM dastaklanadigan qurilmalar roʻyxatini tekshiring. Yoki eSIM dastaklanishini qurilmangiz sozlamalari orqali tekshirishingiz ham mumkin: iOS qurilmam eSIM kartani dastaklashi va operatorga bogʻlanmaganini qanday tekshirish mumkin? Android qurilmam eSIM kartani dastaklashi yoki dastaklamasligini qanday tekshiraman? Agar eSIM dastaklansa, Airalo eSIM rejasini sotib olishning oʻzi kifoya – qurilmangizning barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin!  Savollaringiz boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling.  

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x