APN – ulanish nuqtasi nomi degan maʼnoni anglatadi. U qurilmangizga internetga qanday ulanishni aytadi. Ayrim Airalo eSIM'lari internetdan foydalanish uchun APN sozlamalarini qoʻlda yangilashni talab qiladi.
eSIM uchun APN tafsilotlarini Airalo ilovasidan topishingiz mumkin:
- Airalo hisobingizga kiring
- eSIM kartalarim rukniga kiring
- Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
- Tafsilotlar bandini bosing
- Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
- Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2 yoki
- eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
Agar APN koʻrsatilmagan boʻlsa, bu eSIM avtomatik sozlanganini va boshqa hech qanday harakat talab etilmasligini anglatadi.
iOS qurilmada:
- Settings ruknini oching
- Cellular (yoki Mobile Data) bandini bosing
- Cellular Plans (yoki Mobile Data Plans) ruknida eSIM kartangizni tanlang
- Cellular Data Network (yoki Mobile Data Network) bandini bosing
- APN'ni eSIM oʻrnatish tafsilotlarida koʻrsatilganidek kiriting (toʻliq kichik harfda, boʻsh joysiz)
- Masalan: globaldata
- Boshqa maydonlarni boʻsh qoldiring
Android qurilmada:
- Sozlamalar ruknini oching
- Tarmoq va internet bandini tanlang (bu ayrim qurilmalarda Ulanishlar deb chiqishi ham mumkin)
- Mobil tarmoqlar tugmasini bosing
- Ulanish nuqtalari rukni ustiga bosing
- APN'ni eSIM oʻrnatish tafsilotlarida koʻrsatilganidek kiriting (toʻliq kichik harfda, boʻsh joysiz)
- Masalan: globaldata
- Boshqa maydonlarni boʻsh qoldiring
APN yangilangach, qurilmangiz Airalo eSIM yordamida mobil internetga ulanishi kerak. Agar u darhol ulanmasa, yangi sozlamalarni tatbiq etish uchun qurilmani qayta ishga tushiring.