Google Pixel qurilmasida eSIM qanday oʻrnatiladi?

Ayrim Google Pixel modellarida eSIM dastaklanmaydi, shu sababli dastlab qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Google Pixel qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring.
Google Pixel qurilmangizda eSIM dastaklanishi va u operatorga bogʻlanmaganiga ishonch hosil qilgach, quyidagi qadamlar yordamida eSIM'ni sozlashingiz mumkin.

eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak

  1. Airalo hisobingizga kiring
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring
  3. Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
  4. Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilardan birini koʻrishingiz mumkin:
    • Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
    • eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
  5. Afzal oʻrnatish usulini tanlang: bevosita, QR kod orqali yoki qoʻlda

Ulanish sozlamalari uchun xuddi shu eSIM'ni oching va eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2) rukniga qarang.

Pixel qurilmasida eSIM'ni bevosita oʻrnatish jarayoni qanday

  1. Airalo ilovasida Bevosita > eSIM oʻrnatish tugmasini bosing
  2. Tasdiqlash uchun Ha javobini tanlash
  3. eSIM oʻrnatilishini kuting
  4. Sozlamalar > Tarmoq va internet ruknini oching
  5. Yangi eSIM kartangizni tanlang
  6. Tegishli kalitlarni ON (YONIQ) qilib sozlash orqali Mobil internet va roumingni yoqing

Pixel qurilmasida eSIM'ni QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday

  1. Sozlamalar > Tarmoq va internet ruknini oching
  2. eSIM'lar yonidagi + belgisiga tegining
  3. SIM karta yuklab olinsinmi? bandini tanlang
  4. Keyingisi tugmasini bosib, Airalo ilovasidan QR kodni skanerlang
  5. eSIM'ni oʻrnatish uchun Yuklab olish tugmasini bosing
  6. Yana Sozlamalar ruknini oching
  7. Tegishli kalitlarni ON (YONIQ) qilib sozlash orqali Faol, Mobil internet va roumingni yoqing

Pixel qurilmasida eSIM'ni qo‘lda oʻrnatish jarayoni qanday

  1. Sozlamalar > Tarmoq va internet ruknini oching
  2. eSIM'lar yonidagi + belgisiga tegining
  3. SIM karta yuklab olinsinmi? bandini tanlang
  4. Avval Keyingisi, soʻng Yordam kerakmi? tugmasini bosing
  5. Qoʻlda kiritish bandini tanlang
  6. Airalo ilovasidagi SM-DP+ manzili va faollashtirish kodini (agar mavjud boʻlsa, tasdiqlash kodini ham) nusxalab joylang yoki yozib kiriting
  7. eSIM'ni oʻrnatish uchun Davom etish tugmasini bosing
  8. Yana Sozlamalar ruknini oching
  9. Tegishli kalitlarni ON (YONIQ) qilib sozlash orqali Faol, Mobil internet va roumingni yoqing

Oʻrnatgandan keyin nima boʻladi?

Oʻrnatilgan eSIM Sozlamalar > Tarmoq va intermer > SIM kartalar ruknida koʻrinishi va avtomatik tarzda dastaklanuvchi mobil tarmoqqa ulanishi kerak.

Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling – biz 24/7 rejimida ishlaymiz va mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x