iOS qurilmasida eSIM kartani qanday oʻrnatish va sozlash mumkin?

Sizda eSIM oʻrnatish va sozlash imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagilarni tekshirshingiz lozim:

eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak

  1. Airalo hisobingizga kiring
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring
  3. Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
  4. Tafsilotlar bandini bosing
  5. Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin
    • Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
    • eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
  6. Agar Qoʻlda oʻrnatish usulidan foydalanayotgan boʻlsangiz, SM-DP+ manzili va faollashtirish kodini (agar mavjud boʻlsa, tasdiqlash kodini ham) nusxalang yoki yozib oling

Ulanish sozlamalari uchun xuddi shu eSIM'ni oching va eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari > Sahifa 2/2) rukniga qarang.

iOS qurilmada eSIM'ni qo‘lda oʻrnatish jarayoni qanday

Buni ham koʻring: iOS qurilmada Airalo eSIM'ni qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

  1. Settings ruknini oching
  2. Cellular (yoki Mobile Data) bandini bosing
  3. Add Cellular Plan (yoki Add Mobile Data Plan) tugmasini bosing
  4. Enter Details Manually bandini bosing va quyidagilarni kiriting:
    • SM-DP+ manzili
    • Faollashtirish kodi
    • Tasdiqlash kodi (agar mavjud boʻlsa)
  5. eSIM uchun biror yorliq tanlang
  6. Default Line sahifasida eSIM'ni faqat internet uchun tanlang
  7. eSIM Cellular Plans (yoki Mobile Data Plans) ruknida paydo boʻlganini tekshiring

*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni birlamchi ovozli liniya sifatida tanlashingiz mumkin.

iOS qurilmada eSIM'ni QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday

Buni ham koʻring: iOS qurilmada Airalo eSIM'ni qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

  1. Sozlamalar ruknini oching
  2. Cellular (yoki Mobile Data) bandini bosing
  3. Add Cellular Plan (yoki Add Mobile Data Plan) tugmasini bosing
  4. Airalo ilovasida eSIM tafsilotlaridagi QR kodni skanerlang (skanerlash uchun chop etilgan nusxa yoki boshqa qurilmadan foydalanish mumkin)
  5. Agar soʻralsa, 4 xonali tasdiqlash kodini kiriting (mavjud boʻlmasa, bu qadamni tashlab keting)
  6. eSIM uchun biror yorliq tanlang
  7. Default Line sahifasida eSIM'ni faqat internet uchun tanlang
  8. eSIM Cellular Plans (yoki Mobile Data Plans) ruknida paydo boʻlganini tekshiring

*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni birlamchi ovozli liniya sifatida tanlashingiz mumkin.

eSIM orqali mobil internetga qanday ulaniladi (QR kod orqali yoki qoʻlda ulanish usuli)

Buni ham koʻring: APN sozlamalarini qanday oʻzgartiraman?

  1. Settings > Cellular (yoki Settings > Mobile Data) ruknini oching
  2. Yangi oʻrnatilgan eSIM rejasiga tegining
  3. Turn On This Line va Data Roaming (Internet-rouming) parametrlarini yoqing
  4. Shu sahifasning oʻzida Cellular Data Network (yoki Mobile Data Network) bandini bosing va talab etilsa, APN'ni kiriting (APN tafsilotlarini Airalo ilovasida eSIM haqida koʻrsatmalardan topishingiz mumkin)
  5. Settings > Cellular (yoki Mobile Data) rukniga qayting
  6. Cellular Data (yoki Mobile Data) uchun eSIM kartangizni tanlang
  7. Boshqa liniyadagi toʻlovlarning oldini olish uchun Allow Cellular Data Switching parametrini faolsizlantiring (OFF)
  8. eSIM sozlamalari ruknida dastaklanuvchi tarmoqni tanlang

Oʻrnatgandan keyin nima boʻladi

Oʻrnatish va tarmoqqa ulanishdan keyin Cellular Plans (yoki Mobile Data Plans) ruknida koʻrinishi va avtomatik tarzda dastaklanuvchi mobil tarmoqqa ulanishi kerak

Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x