Qanday hollarda shaxsimni tasdiqlashim kerak?

Ayrim mamlakatlarda mahalliy SIM-karta yoki eSIM ishlatishingiz uchun shaxsingizni tasdiqlash talab etiladi. Bunday holatlarda eSIM xarid qilish uchun sizdan “Mijozingizni biling” (eKYC) tekshiruv jarayonidan oʻtish talab qilinadi.

eKYC nima?

eKYC – bu shaxsingiz elektron tarzda tasdiqlanadigan shaxsni tekshirish jarayoni. Bu jarayonda pasport kabi biror hujjatni yuklash talab etiladi, shuningdek, manzilni taqdim qilish ham soʻralishi mumkin.

Qanday hollarda shaxsimni tasdiqlashim kerak?

Biror eSIM uchun shaxsni tasdiqlash talab etilsa, shaxsingiz tasdiqlanmaguncha bunday eSIMʼni xarid qila olmaysiz. Bunda SOTIB OLISH tugmasi oʻrniga SHAXSINGIZNI TASDIQLASH tugmasini koʻrasiz.

eKYC tekshiruvini kim amalga oshiradi?

Airalo shaxsni tasdiqlash uchun tashqi provayderlar bilan hamkorlik qiladi. eSIM joylashuviga qarab, shaxsni tasdiqlash turli provayderlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

eSIM xarid qilish uchun shaxsimni qanday tasdiqlayman?

Shaxsingizni tasdiqlash uchun kerakli eSIMʼga kiring va quyidagilarni bajaring:

  1. SOTIB OLISH tugmasini bosing.
  2. SHAXSINGIZNI TASDIQLASH tugmasini bosing.
  3. eKYC tekshiruviga oid maslahatlarni oʻqib chiqing va hujjatlar va maʼlumotlarni tayyorlang.
  4. eKYC tekshiruvini BOSHLASH tugmasini bosing.
  5. Talab etilsa, manzilingizni kiriting, keyin DAVOM ETISH tugmasini bosing.

Shaxsingizni tasdiqlash jarayonini yakunlash uchun tashqi provayderga yoʻnaltirilasiz. Jarayon tugagach, hujjatlaringizning tasdiqlanishini kutishingiz kerak.

Hujjatlarim tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganini qanday bilaman?

Hujjatlaringiz tasdiqlanganligini bildirish uchun, sizga bildirishnoma yuboramiz. Hujjatlaringiz qabul qilingan boʻlsa, xaridingizni davom ettirishingiz mumkin. Hujjatlaringiz qabul qilinmasa, tasdiqlash jarayonidan qaytadan oʻtishga urinishingiz kerak boʻladi.

Savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot kerak boʻlsa, murojaat qiling. Yordam jamoamiz 24/7 rejimida ishlaydi va har doim mamnuniyat bilan yordam beradi.

 

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x