iOS qurilmada Airalo eSIM karta QR kod orqali qanday oʻrnatiladi?

Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak

  1. Airalo hisobingizga kiring
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring
  3. Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
  4. Tafsilotlar bandini bosing
  5. Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
    • Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
    • eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
  6. QR kod bandini bosing va kodni saqlang yoki ulashing (kodni skanerlash uchun boshqa qurilma kerak boʻlishi yoki uni chop etish kerak boʻlishi mumkin)

iOS qurilmada eSIM QR kod orqali qanday oʻrnatiladi

  1. Qurilmangizda Settings ruknini oching
  2. Cellular (yoki Mobile Data) bandini bosing
  3. Add eSIM (yoki Add Cellular/Mobile Data Plan) bandini bosing
  4. Use QR Code bandini bosing
  5. Rasmlaringiz orasidan saqlangan QR kodni skanerlang yoki tanlang
  6. Continue tugmasini ikki marta bosing
  7. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting, keyin Done tugmasini bosing
  8. eSIM uchun yorliq (masalan, “Airalo”) tanlang
  9. Birlamchi liniya (Default Line) sahifalarida:
    • SMS va chaqiruvlar uchun asosiy liniyani tanlang
    • iMessage va FaceTime uchun asosiy liniyani tanlang
    • Cellular/Mobile Data (Mobil internet) uchun eSIM'ni tanlang
  10. ”Allow Cellular Data Switching” parametri OFF (oʻchiq) ekaniga ishonch hosil qiling

*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.

Mobil internetga qanday ulaniladi

  1. Settings > Cellular (yoki Settings > Mobile Data) ruknini oching
  2. eSIM rejangiz ustiga bosing
  3. Agar yoqilmagan boʻlsa, Turn On This Line parametrini yoqing
  4. Data Roaming kalitini “ON” qilib yoqing (talab etilsa; Airalo ilovasida eSIM boʻyicha koʻrsatmalarni tekshiring)
  5. Cellular/Mobile Data rukniga kiring va internet liniyasi sifatida Airalo eSIM'ni tanlang
  6. eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak

Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?

iOS qurilmada Airalo eSIM qanday qilib bevosita oʻrnatiladi

iOS qurilmada Airalo eSIM qanday qilib qoʻlda oʻrnatiladi

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x