Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

Ayrim Samsung qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi. Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

  • eSIM dastaklaydi
  • Operatorga bogʻlanmagan
  • Barqaror internet aloqasiga ega

Samsung Galaxy qurilmangiz eSIM'ni dastaklashi va aloqa operatoriga bogʻlanmaganini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring.

Airalo ilovasida eSIM'ni qoʻlda oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?

Ularni quyidagi ikkita joyning biridan topishingiz mumkin:

  • eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi > Qoʻlda
  • YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qoʻlda

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM qanday oʻrnatiladi?

  1. Sozlamalar ruknini oching
  2. Ulanishlar rukniga kiring
  3. SIM karta menejeri tugmasini bosing
  4. eSIM qoʻshish tugmasini bosing
  5. QR kodni skanerlash tugmasini bosib, Faollashtirish kodini kiritish bandini tanlang
  6. Airalo ilovasidan Faollashtirish kodi nusxalab oling va uni tegishli maydonga joylang
  7. Avval Tayyor, keyin Qoʻshish tugmasini bosing
  8. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting

Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?

Ularni quyidagi ikkita joyning biridan topishingiz mumkin:

  • eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
  • YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2

Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?

  1. Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
  2. Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
  3. Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)

Boshqa oʻrnatish usulini afzal koʻrasizmi? Ushbu boshqa oʻrnatish usullaridan foydalanishingiz mumkin:

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani bevosita oʻrnatish jarayoni qanday?

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday?

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x