iOS qurilmada Airalo eSIM kartani qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

  1. Airalo hisobingizga kiring
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring
  3. Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
  4. Tafsilotlar bandini bosing
  5. Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
    • Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
    • eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
  6. Qoʻlda usulini tanlang va SM-DP+ manzili hamda faollashtirish kodidan (agar mavjud boʻlsa, tasdiqlash kodidan ham) nusxa oling

iOS qurilmada eSIM qoʻlda qanday oʻrnatiladi?

  1. Settings ruknini oching
  2. Cellular yoki Mobile Data bandini bosing
  3. Add eSIM (yoki Add Cellular/Mobile Data Plan) bandini tanlang
  4. Avval Use QR Code bandini, keyin Enter Details Manually bandini bosing
  5. SM-DP+ manzili, faollashtirish kodi va tasdiqlash kodini (agar mavjud boʻlsa) kiriting
  6. Next tugmasini bosing, keyin Continue tugmasini ikki marta bosing
  7. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting, keyin Done tugmasini bosing
  8. eSIM uchun yorliq (masalan, “Airalo”) tanlang
  9. Birlamchi liniya (Default Line) sahifalarida:
    • SMS va chaqiruvlar uchun asosiy liniyani tanlang
    • iMessage va FaceTime uchun asosiy liniyani tanlang
    • Cellular/Mobile Data (Mobil internet) uchun eSIM'ni tanlang
  10. ”Allow Cellular Data Switching” parametri OFF (oʻchiq) ekaniga ishonch hosil qiling

*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.

Mobil internetga qanday ulaniladi?

  1. Settings > Cellular (yoki Settings > Mobile Data) ruknini oching
  2. eSIM rejangiz ustiga bosing
  3. Agar yoqilmagan boʻlsa, Turn On This Line parametrini yoqing
  4. Data Roaming kalitini “ON” qilib yoqing (talab etilsa; Airalo ilovasida eSIM boʻyicha koʻrsatmalarni tekshiring)
  5. Cellular/Mobile Data rukniga kiring va internet liniyasi sifatida Airalo eSIM'ni tanlang
  6. eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak.

Qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatimizga murojaat qiling va biz mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?

iOS qurilmada Airalo eSIM qanday qilib bevosita oʻrnatiladi

iOS qurilmada Airalo eSIM QR kod orqali qanday oʻrnatiladi

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x