iOS qurilmam eSIM kartani dastaklashi yoki dastaklamasligini qanday tekshiraman?

Qurilmaning eSIM kartani dastaklashi yoki dastaklamasligi ishlab chiqaruvchi bu qurilmaga eSIM kiritgan yoki kiritmaganiga bogʻliq. Shu sababli, siz uchun qulaylik yaratish maqsadida eSIM dastaklanadigan qurilmalar roʻyxatini tuzganmiz.

Ayrim mamlakat va mintaqalarda eSIM kartani dastaklamaydigan modellar chiqarilishi mumkin. Yoki sizga qurilmani sotgan operator eSIM xususiyatini yoqmagan boʻlishi mumkin.

iOS qurilmangiz eSIM kartani dastaklashi yoki dastaklamasligini tekshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring. Yodda tuting, bu qadamlarning ayrimlari qurilmangizga tatbiq etilmasligi mumkin. eSIM funksiyasi mavjudligini tekshirishning eng yaxshi usuli – bu qurilma ishlab chiqaruvchisi, taʼminotchi yoki asosiy operatorga murojaat qilishdir.

For iPhone:

  1. Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
  2. About tugmasini bosing.
  3. To AXXXX satri paydo boʻlgunicha Model Number bandi ustiga bosing.
  4. iPhone qurilmangizning Model raqami (Model Number) kelib chiqishi Xitoy mintaqasiga taqalmasligiga ishonch hosil qiling. Ushbu maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

Agar model raqami Kontinental Xitoy, Gonkong va Makaoga tegishli bo’lmasa, qurilmangizda eSIM dastaklanishi kerak. Keyin quyidagi qadamlarni bajarish orqali iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlangan yoki bogʻlanmaganini tekshiring.

  1. Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
  2. About tugmasini bosing.
  3. Varaqlab Carrier Lock bandiga tushing. Agar Carrier Lock bandi yonida No SIM restrictions (SIM cheklovlari yoʻq) yozuvi chiqsa, iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlanmagan boʻladi.

For iPad:

  1. Settings ilovasini ochib, General rukniga kiring.
  2. About tugmasini bosing.
  3. To AXXXX satri paydo boʻlgunicha Model Number bandi ustiga bosing.
  4. iPhad qurilmangizning Model raqami (Model Number) kelib chiqishi Xitoy mintaqasiga taqalmasligiga ishonch hosil qiling. Ushbu maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

Model raqami Kontinental Xitoy, Gonkong va Makaoga tegishli bo’lmasa, qurilmangizda eSIM dastaklanishi kerak (agar qurilmangiz uyali aloqa funksiyasini dastaklasa).

Hali ham ishonchingiz komil boʻlmasa, eSIM ishlatish imkoniyatini tekshirish uchun qurilma ishlab chiqaruvchisi, taʼminotchi yoki asosiy operatorga murojaat qiling. 

Savollaringiz boʻlsa, yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2024