Airalo hisobingizni xavfsiz saqlash uchun yangi kirishni aniqlaganimizda sizni ogohlantiramiz.
Agar yangi kirish amali haqida email olsangiz, hisobingizga yangi joy yoki yangi qurilmadan kirgan boʻlishingiz mumkin.
Kirilgan sana, vaqt, joylashuv va kirish uchun ishlatilgan qurilma koʻrsatilgan email yuboramiz – unda kirish uchun talab qilinadigan tasdiqlash kodi ham boʻlishi mumkin.
Bu emailni olganimda nima qilishim kerak?
Agar siz kirishni tanisangiz, hech qanday harakat qilishingiz shart emas – agar talab qilinsa, kirishni yakunlash uchun tasdiqlash kodini kiriting.
Agar kirishni tanimayotgan boʻlsangiz, hisobingizni himoyalash uchun parolingizni darhol qayta oʻrnatishni tavsiya qilamiz. Bunda siz barcha qurilmalardan chiqasiz va har qanday ruxsatsiz kirishning oldini olasiz.
Tasdiqlash kodi yozilgan emailni topa olmasam-chi?
Tasdiqlash kodi Airalo hisobingiz uchun ishlatilgan email manzilingizga yuboriladi.
Agar email manzilini topa olmasangiz, spam yoki promoaksiyalar jildini tekshiring. Baʼzida qisqa kechikish boʻlishi mumkin, shuning uchun bir necha daqiqa kutishingiz kerak boʻladi. Kirish oynasidan kodni qayta yuborishingiz ham mumkin.
Agar kodni hali ham olmayotgan boʻlsangiz, yordam xizmatiga murojaat qiling.
Airalo hisobimni qanday himoyalashim mumkin?
Hisobingizni himoyalash uchun quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:
- Kuchli, oʻziga xos paroldan foydalaning va uni muntazam yangilab turing.
- Taxmin qilish oson boʻlgan yoki ismingiz yoki shaxsiy maʼlumotlaringizning qismlarini oʻz ichiga olgan parollardan saqlaning.
- Ulangan email hisobingiz kuchli parol va ikki bosqichli autentifikatsiya kabi qoʻshimcha xavfsizlik funksiyalari bilan himoyalanganini tekshiring.
- Airalo hisobingizga kirish ruxsati bor ishonchli qurilmalarni tekshiring va notanishlarini olib tashlang.
- Airalo hisobingizga kirish maʼlumotlarini hech kimga bermang.
Hisobimda boshqa shubhali harakatlarni aniqlasam, nima qilishim kerak?
Agar hisobingizda boshqa shubhali harakatlarni, masalan, notanish xaridlarni aniqlasangiz, darhol parolni tozalash tavsiya etiladi.
Hisobingizda natish xaridlarni payqasangiz, mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qiling – sizga yordam bera olishimiz uchun qoʻshimcha tafsilot va maʼlumotlarni taqdim qilishingiz kerak boʻlishi mumin.
Boshqa muammo yoki savollaringiz boʻlsa, har doim bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va har doim yordamga shaymiz.