Nega eSIM ishlamayapti?

eSIM bir qancha sababga koʻra ishlamayotgan boʻlishi mumkin – bir nechta nosozliklarni aniqlash harakatlarini bajarish muammoni aniqlash va ulanishga yordam berishi mumkin.

eSIM qayerda ishlaydi?

Yodda tuting, eSIM faqat oʻzining qamrov hududida ishlaydi, masalan, Fransiya uchun moʻljallangan eSIM faqat Fransiyada ishlaydi. Agar eSIM'ni uning qamrov hududidan tashqarida oʻrnatsangiz, tarmoqqa ulanish uchun tegishli manzilga yetib borguncha kutishingiz kerak.

eSIM nega ishlamayotganini qanday tekshirish mumkin

Agar eSIM qamrov hududida boʻlsangiz va eSIM'dan foydalanishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, quyidagi harakatlarni bajaring.

eSIM toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling

Agar eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini bajargan boʻlsangiz, u qurilma sozlamalarining eSIM'lar ruknida chiqishi kerak, shuningdek, imkoni bor hollarda, ilovada u muvaffaqiyatli oʻrnatilganini ham koʻrasiz.

eSIM uchun noyob yorliq yoki nom berishni unutmang, shunda qurilmangizda bir nechta eSIM boʻlsa, tegishli eSIM'ni aniqlash oson boʻladi.

Qurilma sozlamalari eSIM chiqmasa, quyidagi maqola bilan tanishib chiqing: Nega Airalo ilovasi eSIM oʻrnatildi desa ham, uni topa olmayapman?

Ulanish qadamlarini bajarganingizga ishonch hosil qiling

Agar eSIM qurilmangizda oʻrnatilgan boʻlsa, tarmoqqa ulanish uchun bir nechta sozlamani moslashingiz kerak. eSIM va qurilmangizga qarab, qadamlar biroz farq qilishi mumkin, lekin har doim quyidagilarni bajarishingiz kerak:

  • eSIM yoniq ekaniga ishonch hosil qiling
  • Internet uchun eSIM tanlanganiga ishonch hosil qiling

eSIM SMS va chaqiruvlarga ega boʻlsa, u SMS va chaqiruvlar uchun ham tanlanganiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

eSIM uchun majburiy qadamlarni tekshirish uchun eSIM kartalarim > Tafsilotlar > Koʻrsatmalar rukniga kiring va “Internetdan foydalanish” uchun qadamlarni toping. Qadamlarni diqqat bilan oʻqib chiqing va bajaring.

Parvoz rejimi oʻchiq ekaniga ishonch hosil qiling

Bu oddiy narsadek tuyulishi i mumkin, lekin bu qurilmalar mobil tarmoqqa ulanmasligining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.

Parvoz rejimi yoniq boʻlsa, u barcha simsiz kommunikatsiyalar, jumladan, mobil internet va eSIM aloqasini faolsizlantiradi. Hatto eSIM oʻrnatilgan va sozlamalar toʻgʻri boʻlsa ham, Parvoz rejimi faolsizlantirilmagunicha ulana olmaysiz.

Uni faolsizlantirgach, bir necha soniya kuting. Qurilmangiz mavjud tarmoqlarni qidira boshlashi va birozdan keyin eSIM ulanishni boshlashi kerak.

APN sozlamalarini tekshiring

Ayrim eSIM'lar muayyan ulanish nuqtasi nomini (APN) qurilma sozlamalariga kiritishni talab qiladi. Buni ilovada oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalarda topishingiz mumkin, aksariyat hollarda, APN avtomatik sozlanadi.

Agar APN avtomatik sozlanmasa, uni nusxalash va joylash uchun “Internetdan foydalanish” ruknidagi qadamlarni bajaring.

Internet-roumingni yoqing

Ayrim eSIM'lar uchun internet-roumingni yoqishni talab etiladi, buni qurilma sozlamalari orqali qilish mumkin. Agar talab etilsa, “Internetdan foydalanish“ ruknidagi qadamlarni bajargan holda eSIM uchun internet-roumingni yoqing.

iOS qurilmalarda alohida eSIM'lar uchun internet-roumingni yoqishingiz mumkin, rouming toʻlovlarining oldini olish uchun birlamchi SIM kartangiz faolsizlantirilganiga ishonch hosil qiling.

Android qurilmalarda internet-rouming ishlatilayotgan barcha eSIM'lar uchun tatbiq etiladi, rouming toʻlovlarining oldini olish uchun birlamchi SIM kartangiz faolsizlantirilganiga ishonch hosil qiling.

Tarmoqni qoʻlda tanlang

eSIM qamrov hududida kamida bitta tarmoqqa ulana oladi, ayrim hollarda bir nechta tarmoqqa ulana oladi.

Aksariyat hollarda, u avtomatik tarzda mavjud enag kuchli tarmoqqa ulanadi, ayrim hollarda xato tarmoqni tanlashi mumkin.

eSIM uchun mavjud tarmoqlarni oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalarning “Internetdan foydalanish” ruknidan topasiz. Tarmoqni qoʻlda tanlash uchun tarmoqni tanlashga aloqador qadamlarni bajaring.

Boshqa SIM kartalarni vaqtincha faolsizlantiring

Agar qurilmangizda bir vaqtning oʻzida bir nechta SIM kartani yoqish mumkin boʻlsa, eSIM'larning ulanishiga xalaqit berish ehtimoli mavjud boshqa SIM kartalarni vaqtincha faolsizlantiring.

Buni qurilma sozlamalarining SIM kartalar ruknidan boshqarishingiz mumkin.

Tarmoq rejimini oʻzgartiring

Ayrim hollarda eSIM uchun boshqa rejimda biror tarmoqqa ulanish osonroq boʻladi. Agar 5G ishlayishga urinayotgan boʻlsangiz, 4G/LTE yoki 3G ga ulanib koʻring.

iOS qurilmalarda tarmoq rejimini oʻzgartirish uchun qurilma sozlamalarida eSIM'ga kirishingiz kerak.

iOS qurilmalarda tarmoq rejimini oʻzgartirish uchun mobil tarmoq sozlamalariga kirishingiz kerak.

eSIM ishlay boshlagach, uni afzal tarmoq rejimiga oʻzgartirishga urinib koʻrishingiz mumkin.

Qurilmangizni qayta ishga tushiring

Agar barcha boshqa qadamlarni bajarib koʻrgan boʻlsangiz, qurilmangizni qayta ishga tushirib koʻring, ayrim hollarda bu qurilma aloqasini yangilaydi va eSIM'ning tarmoqqa ulanishiga imkon beradi.

Signal qamrovini tekshiring

Agar nosozliklarni bartaraf qilish qadamlarining hech biri yordam bermasa, hududingizdagi signal qamrovi tarmoqqa ulanish uchun yetarlicha kuchli boʻlmasligi mumkin.

Agar yana savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha yordam talab qilinsa bizning yordam jamoamizga murojaat qiling – biz 24/7 yordamga tayyormiz va har doim yordam berishdan mamnunmiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x