Nega eSIM xato tarmoqqa ulanyapti?

Agar eSIM xato tarmoqqa ulanayotgan boʻlsa, toʻgʻri tarmoqni qoʻlda tanlashingiz mumkin.

Mavjud tarmoqlarni ICCID yonida eSIM tafsilotlaridan topishingiz mumkin. Toʻgʻri tarmoqni tanlash uchun qurilmada ayrim sozlamalarni moslashingiz kerak boʻladi.

iOS qurilmalarda muayyan tarmoq qanday tanlanadi

  1. Settings > Cellular rukniga kiring va eSIMʼni tanlang.
  2. Network Selection tugmasini bosing
  3. Automatic xususiyatini faolsizlantiring va mavjud tarmoqlar roʻyxati chiqishini kuting
  4. Roʻyxatdan toʻgʻri tarmoqni tanlang.

Samsung qurilmalarida muayyan tarmoq qanday tanlanadi

  1. Sozlamalar > Ulanishlar > Mobil tarmoqlar rukniga kiring

  2. Tarmoq operatorlari tugmasini bosing
  3. Avtomatik tanlashni faolsizlantirish uchun Qoʻlda tanlash bandini tanlang
  4. Roʻyxatdan toʻgʻri tarmoqni tanlang

Google Pixel qurilmalarida muayyan tarmoq qanday tanlanadi

  1. Sozlamalar > Tarmoq va internet rukniga kiring va eSIMʼni tanlang
  2. Kengaytirilgan > Operator bandini tanlang
  3. Avtomaik tanlashni faolsizlantiring
  4. Roʻyxatdan toʻgʻri tarmoqni tanlang.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x