Android qurilmada qanday qilib trafikni tejash mumkin?

Android qurilmalar Trafik tejash funksiyasiga ega boʻlib, bu funksiya qaysi ilovalar ochiq payti yoki fon rejimida vaqti trafikdan foydalanishi mumkinligini boshqarish imkonini beradi. Fon rejimidagi ilovalar katta miqdordagi trafikni ishlatadi, shu sababli, ularning trafikdan foydalanishini boshqarish trafik sarfini tejashga yordam beradi. Buni qanday qilish kerak.  

Samsung Galaxy qurilmalari uchun:

  1. Sozlamalar ilovasini ochib, Ulanish tugmasini bosing.
  2. Trafik sarfi rukniga tegining.
  3. Trafik tejash tugmasini bosing.
  4. Trafik tejash funksiyasini faollashtirish uchun Hozir yoqish parametri yonidagi kalitga tegining.

Shuningdek, Maʼlumotlarni tejash funksiyasi yoqilgan boʻlsa, qaysi ilovalar mobil internetdan foydalanishni davom ettirishini ham tanlashingiz mumkin. Maʼlumotlarni tejash rejimi yoqilgan vaqtda maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan tugmasini bosing, soʻngra ruxsat berish uchun ilova(lar) yonidagi kalitni bosing. Google Pixel qurilmalari uchun:

  1. Sozlamalar ilovasini ochib, Tarmoq va internet rukniga kiring.
  2. Trafik tejash tugmasini bosing.
  3. Trafik tejash funksiyasini faollashtirish uchun Trafikni tejash parametri yonidagi kalitga tegining.

Shuningek, Trafik tejash funksiyasi yoniq vaqtda qaysi ilovalar mobil internetdan foydalanishda davom etishini ham tanlashingiz mumkin. Cheklanmagan internet tugmasini bosing, keyin kerakli ilova(lar) uchun ruxsatni yoqing.

Savollaringiz boʻlsa,yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x