Discover+ Global eSIM nima?

Discover+ Global eSIM foydalanuvchilarga internet, chaqiruv va SMS yordamida doʻstlari, oilasi va hamkasblari bilan butun dunyo boʻylab aloqada qolish imkonini beradi. Bu eSIM, shuningdek, sayyohlar uchun istalgan joy va vaqtda tezkor hamda hamyonbop aloqani taqdim etadi. Bu maqolada xorijda vaqtingiz ushbu eSIM afzalliklaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi muhim maʼlumotlar bayon qilingan. 
  1. Bu eSIM kartada telefon raqami boʻladimi? Ha, boʻladi. Har bir Discover+ Global eSIM Avstriyaga asoslangan xalqaro telefon raqamiga ega. eSIM telefon raqamingizni tegishli mamlakat kodi bilan birga ulashish muammosiz aloqani taʼminlaydi. Avstriya uchun mamlakat kodi: +43. Barcha mahalliy va xalqaro kiruvchi chaqiruvlar hamda SMS uchun bu kod eSIM telefon raqamingiz oldiga qoʻshib terilishi kerak.
  2. Telefon chaqiruvlarini amalga oshirish mumkinmi? Ha, telefon chaqiruvlarini amalga oshirishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Discover+ Global eSIM yordamida chaqiruv qilishda foydalanuvchilar teradigan telefon raqami tegishli mamlakat kodi bilan boshlanishi kerak. Masalan, foydalanuvchi Yaponiyada boʻlsa va Filippindagi biror kishiga chaqiruv qilmoqchi boʻlsa, qabul qiluvchining telefon raqamini terishda uning oldiga Filippinning mamlakat kodini (+63) qoʻshishi lozim. Mamlakat kodi qoʻshib terilmasa, chaqiruv amalga oshmasligi mumkin.
  3. Matnli xabarlar (SMS) yuborish mumkinmi? Ha, matnli xabarlarni (SMS) yuborish va qabul qilishingiz mumkin. Discover+ Global eSIM orqali SMS yuborishda qabul qiluvchining raqamini tegishli mamlakat kodi bilan birga terish muhim ahamiyatga ega. Bu SMS ning muvaffaqiyatli yetib borishini kafolatlaydi. Mamlakat kodi qoʻshib terilmasa, xabarlar yetib bormasligi mumkin.
  4. Hisobni toʻldirish paketini sotib olishim mumkinmi? Ha, eSIM hisobini toʻldirish paketini sotib olishingiz mumkin. Internet, chaqiruv va SMS uchun hisobni toʻldirish paketlari mavjud, lekin faqat internet, chaqiruv yoki SMS uchun alohida hisobni toʻldirish imkonsiz. Kiruvchi matnli xabarlarni (SMS) qabul qilish mavjud SMS balansidan yechib olinmaydi. Agar foydalanuvchining chaqiruv uchun qolgan daqiqalari nol boʻlsa, kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilib boʻlmaydi. Bundan tashqari, muayyan soniya davom etgan chaqiruvlar toʻliq daqiqa sifatida yaxlitlab hisoblanadi.
  5. Sarflangan miqdorni kuzatish mumkini? Trafik, chaqiruv va SMS sarfini Airalo ilovasi yoki veb-saytida kuzatishingiz mumkin.
  6. Biror mamlakatga oid cheklovlar bormi? Discover+ Global eSIM kartaning mahsulot haqida axborot sahifasida dastaklanadigan mamlakatlar roʻyxatini tekshirishingiz mumkin.
  7. Bu eSIM dastaklanadigan barcha qurilmalarda ishlaydimi? Discover+ Global eSIM operatorga bogʻlanmagan va eSIM dastaklanadigan har qanday qurilmada, jumladan, Apple Watch qurilmalarida muammosiz ishlaydi.
Savollaringiz boʻlsa,yordam xizmatiga murojaat qiling va biz bajonidil yordam beramiz!

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Hali ham yordam kerakmi?

Bizga murojaat qiling va mijozlarga yordam jamoasi imkon qadar tez javob beradi.
Bizga xabar yuboring
Airalo © 2021
  • x