Xalqaro eSIM qanday ishlaydi? Batafsil qoʻllanma

If you’re looking to stay connected but don't want to fuss with a physical SIM card, look no further. eSIM sizga plastik SIM kartalarsiz dunyo boʻylab sayohat qilish imkonini beradi.

eSIM – bu xorijda vaqti yoki moddiy SIM karta ishlatish imkoni boʻlmagan hollarda mobil internetdan foydalanish uchun tezkor va qulay yechimdir. eSIM bilan siz Airalo ilovasi orqali mobil internet paketini xarid qilishingiz va uni mos qurilmaga QR kod yordamida, qoʻlda yuklab olish orqali yoki bevosita oʻrnatishingiz mumkin.

Koʻrdingizmi, qanday oson, ayniqsa, sayohat vaqtida yuzaga keladigan qiyinchiliklar bilan taqqoslasak, hatto nihoyatda oson deyish mumkin.

Tushunarli. eSIM dastaklanadigan smartfonlarning chiqa boshlaganiga hali atigi bir necha yil boʻldi. Agar xalqaro eSIM qanday ishlashini bilishni xohlasangiz, toʻgʻri manzilga keldingiz. Bu maqolada biz ushbu ajoyib yangi texnologiyani diqqat bilan koʻrib chiqamiz.

Xalqaro sayohat uchun eSIM nima?

Agar navbatdagi chet el sayohati uchun telefon xizmati variantlarini qidirayotgan boʻlsangiz, ularning soni cheklanganini sezgan boʻlishingiz kerak. Koʻplab operatorlarda xalqaro tariflar nihoyatda qimmat (yoki ular tezligi atigi 2G boʻlgan bepul xalqaro trafik taklif qiladi). Ehtimol, bu muammoni, shunchaki, Wi-Fi hotspotlarga ulanish orqali hal qilish haqida oʻylagandirsiz, lekin bunda oʻziga xos xatarlar ham mavjud (Wi-Fi hamma yerda ham mavjud boʻlavermasligini aytmay qoʻya qolaylik).

Biroq, agar nisbatdan yangi telefon ishlatsangiz, sizda yaxshiroq variant boʻlishi mumkin: eSIM.

eSIM yoki “ichki abonent identifikatsiyasi moduli” – bu telefon platasiga joylashtirilgan chipdir. U anʼanaviy SIM karta oʻrnini bosadi va dasturiy taʼminot orqali internetga ulanishni taʼminlaydi.

eSIM dastur asosiyda ishlagani sababli, operatorlar yoki tariflarni tezkorlik bilan almashtirishingiz mumkin: bitta operatorning SIM kartasiga qattiq bogʻlanib qolmaysiz. Airalo kabi eSIM internet paketlari sotiladigan marketpleysga kirib, safaringiz qanchalik uzoq yoki qisqa ekaniga qarab, oʻzingiz uchun qulay paketni tanlashingiz mumkin.

eSIM chet elga sayohat uchun nihoyatda qulaydir, chunki SIM kartani qurilmangizdan chiqarish talab etilmaydi. Sayohat vaqtida asosiy SIM karta faolsizlantiriladi (agar ikkita SIM karta uchun kutish rejimidan foydalanmasangiz). Uyga qaytgach, darhol asosiy SIM kartani ishlatishni boshlashingiz mumkin. Quyida eSIM dastaklaydigan smartfon va boshqa qurilmalarning qulay roʻyxati keltirilgan.

 

Xalqaro eSIM qanday ishlaydi?

eSIM – bu chet elda internetga ulanish uchun qulay va hamyonbop yechimdir. U sizni ayrim operatorlarning qimmat haqlari va belgilangan manzilda moddiy SIM karta qidirish qiyinchiligidan xalos qiladi. Moddiy SIM karta xarid qilib, uni odatiy SIM kartangiz bilan almashtirishga toʻgʻri kelmaydi, Airalo kabi ilova orqali internet paketini sotib olishning oʻzi kifoya. Keyin bir nechta harakat orqali bu internet paketni telefoningizda faollashtirishingiz kerak.

eSIM mahalliy operatorlarga ulanadi, ular oldindan toʻlovga asoslangan eSIM rejalarini taklif qiladi. Airalo bu rejalarni qulay tarzda bir yerga toʻplagan.

Umuman olganda, eSIM ishlatish xuddi mahalliy SIM kartadan foydalanishdek gap, bundan tashqari, odatiy raqamingizni ishlatish imkoniga ham ega boʻlasiz (agar ikkita SIM karta uchun ikkilik kutish rejimini yoqsangiz – bu rejim eSIM dastaklanadigan aksariyat qurilmalarda mavjud). Agar telefoningiz ikkita SIM karta texnologiyasiga ega boʻlmasa, u faqat internetga kiruvchi qurilma sifatida ishlaydi, lekin WhatsApp yoki Telegram kabi xizmatlar orqali chaqiruv qilishingiz yoki xabarlar yuborishingiz mumkin.

Nega xalqaro eSIM mahalliy SIM kartadan yaxshiroq?

Mahalliy SIM kartalar, shubhasiz, xorijda vaqti aloqada qolishning eng ommabop usullaridan biridir. Lekin ular sayyohlarni qiziqtiradigan yagona variant emas. 2019-yilda oʻtkazilgan soʻrovnomada mijozlarning 60 foizi agar eSIM xizmati mavjud boʻlsa, uni tanlashini bildirgan.

Mahalliy SIM karta bilan taqqoslanganda, xalqaro eSIM bir nechta yaqqol ustunlikka ega. Ular quyidagilar:

  • Internet paketlari mintaqalarda amal qiladi, muayyan davlatlarda emas. Agar sayohatingiz davomida bir nechta davlatga tashrif buyursangiz, har bir davlat uchun alohida SIM karta xarid qilishingiz kerak. Mahalliy eSIM internet paketi esa butun safar davomida internetdan foydalanish imkonini beradi.
  • Mahalliy narxlarda taklif qilinuvchi aniq tariflar. eSIM marketpleysida (masalan, Airalo) nima olishingiz va uning narxi qancha ekani aniq koʻrsatiladi. Agar shaxsan SIM karta sotib olsangiz, hatto Aeroportda rasmiy diler orqali xarid qilsangiz ham, tariflar haqidagi maʼlumot bu kabi aniq boʻlmasligi mumkin.
  • Internet paketlarni oldindan xarid qilish imkoniyati. Samolyotdan tushiboq, mobil aloqa haqida qaygʻurishga toʻgʻri kelmaydi, shunchaki, telefonda eSIM internet paketini faollashtirishning oʻzi kifoya.
  • Bitta telefonda bir qancha eSIM paketlari. Aksariyat qurilmalarda bir qancha eSIM internet paketlarini saqlash mumkin. Bu bir nechta moddiy SIM karta bilan ishlashdan ancha oson.
  • Ehtiyojga qarab, kunlik, haftalik yoki oylik tariflar. Koʻplab mahalliy SIM kartalar toʻliq bir oylik xizmat uchun oldindan toʻlov qilishni talab etadi. Shu sababli, biror mamlakatda atigi bir necha kun yoki bir necha hafta boʻlsangiz, ancha ortiqcha summani toʻlashingizga toʻgʻri keladi. eSIM ishlatsangiz, aynan kerakli miqdor yoki muddatga mos internet paketlarini xarid qilishingiz mumkin.

Xalqaro eSIM bilan dunyo boʻylab sayohat qiling

Mana endi xalqaro eSIM qanday ishlashi haqida bilib oldingiz va keyingi sayohat vaqtida bu texnologiyadan foydalanishingiz mumkin. eSIM – bu mobil internetdan foydalanishning oddiy, qulay va ishonchli usuli boʻlib, bizni bosh ogʻrigʻi va katta miqdordagi toʻlovlardan xalos qiladi. Airalo marketpleysidan 200 dan ortiq mamlakat va mintaqa uchun eSIM kartalarni topishingiz mumkin – aloqada qolish hali hech qachon bunchalik oson boʻlmagan.

Chet elga safar qilmoqchimisiz? Qanday variantlar borligini bilish uchun Airalo doʻkoniga kiring.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali 3$ miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.