Qanday qilib rouming uchun haq toʻlamasdan sayohat qilish mumkin

Rouming toʻlovlari...

Ular mahalliy operatorlarning sevimli maxfiy qurolidir. Xorijda hatto nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ishlatsangiz ham, rouming uchun katta miqdordagi toʻlovlarni toʻlash xavfi ostida boʻlasiz.

Amaliyotda aksariyat sayohatchilar telefon uchun oʻzlari kutganida bir necha yuz dollarga qimmat toʻlov hisobiga duch kelgan. Rouming uchun katta miqdordagi kutilmagan toʻlovlar haqida hikoyalarni barcha eshitgan boʻlsa kerak.

Baxtimizga, sahoyat vaqtida rouming xarajatlarini tejashning bir nechta usullari mavjud.

Uzoq muddatga yoki oilangizni koʻrish uchun dam olish kunlarida chet elga safar qilishingizdan qatʼi nazar, telefon xizmatlari toʻlovi uchun dahshatli hisobni olmaslikning toʻrtta usuli mavjud, biz ular haqida maʼlumot beramiz.

Safarda rouming xarajatlarini tejashning toʻrt usuli

Safarga joʻnab ketishdan avval internetni faolsizlantirishni unutgan boʻlsangiz, ishlatilgan trafik uchun undirilgan toʻlov ustidan shikoyat qilishni xayolingizga ham keltirmang.

Chet elga chiqar ekansiz, safar davomida bir nechta usul orqali rouming xarajatlarini tejashingiz mumkin. Yagona toʻgʻri yondashuv mavjud emas, shu sababli, quyida keltirilgan toʻrt usuldan oʻzingizga mosini tanlashingiz mumkin. Har bir usul oʻz afzalliklariga ega. Safar davomida qaysi biri siz uchun qulayroq boʻlishi haqida yaxshilab oʻylab koʻring.

1. Operatordan rouming xizmati

Joʻnab ketishdan avval operatoringizdan xorijda internetdan foydalanishga oid qanday variantlar mavjudligini tekshiring. Ayrim operatorlar xorijda ishlatish uchun bepul trafik taklif qiladi. Koʻpincha bu eng arzon tarif boʻlmaydi, lekin doim safarda boʻlsangiz, bunday taklif foydalanishga arzishi mumkin.

Xuddi shuningdek, boshqa operatorlar ham muayyan mamlakatlar yoki butun dunyo uchun bepul internet-rouming taklif qiladi, lekin... atigi 2G tezlikda. Agar bu siz uchun mos kelsa, undan foydalanish haqida oʻylab koʻrishingiz mumkin.

Va nihoyat, ayrim operatorlar qisqa muddatlarga internet paketlarini taklif qilishi mumkin. Ularning narxlari mamlakat, mintaqa va davomiylikka qarab farq qilishi mumkin, shu sababli, hammasi avvaldan va imkon qadar batafsil bilib oling.

2. Mahalliy Wi-Fi

Koʻpchilik sayohat vaqtida mobil trafikdan emas, mahalliy Wi-Fi hotspotlaridan foydalanishni afzal koʻradi. Bu pul tejashning koʻplab shahar hududlarida ish beruvchi va vaqt sinovidan oʻtgan usulidir. Lekin qishloq joylari va olis joylarda bu usuldan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Mahalliy Wi-Fi tarmoqdan foydalanish uchun mobil internetni toʻliq faolsizlantirish talab etiladi. Yaʼni sozlamalar orqali mobil internetni faolsizlantirishingiz kerak. Parvoz rejimiga tayanmang: fonda ishlovchi xizmatlar baribir internetdan foydalanishi mumkin.

Koʻpchilik, har ehtimolga qarshi, SIM kartalarni telefonidan chiqarib oladi. (Ularni ishonchli joyga qoʻyishni unutmang).

Mobil internetsiz telefoningiz Wi-Fi tarmoqda ishlashda davom etadi. Shuningdek, favqulodda xizmatlarga chaqiruvlar ham ishlaydi. Agar Google Maps orqali mahalliy xaritalarni oldindan yuklab olgan boʻlsangiz, GPS ishlatishingiz ham mumkin. Bu imkoniyatdan foydalaning – bu moʻljal olishni osonlashtiradi. Shundan keyin:

  • Bepul Wi-Fi mavjudligini reklama qiluvchi qahvaxonalarni qidiring.
  • Jamoat kutubxonalari va boshqa jamoat binolarida bepul Wi-Fi tarmoqqa ulanish mumkinligini tekshiring.
  • Agar frilanser boʻlsangiz, kovorking aʼzosi sifatida registratsiya qilish haqida oʻylab koʻring.
  • Eʼtiborli boʻling va shubhali Wi-Fi tarmoqlarga, ayniqsa, gʻalati joylardagi ochiq tarmoqlarga ulanmang.

3. Mahalliy SIM karta

Mahalliy SIM kartalar – xorijda vaqti pul tejashning yana bir usulidir. Belgilangan manzilga yetib borgach, SIM karta sotib oling va telefoningizga qoʻying. Shunda siz mahalliy raqam, shuningdek, mahalliy operatorlar tarmogʻida internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Agar toʻgʻri bajarilsa, bu safar davomida aloqada qolishning arzon va oson usuli boʻlishi mumkin.

Shubhali darajada oson va oddiy eshitilyaptimi? Bu bekorga emas: ayrim hollarda qiyinchiliklar ham yuzaga keladi. Aksariyat hollarda mahalliy SIM kartani muammosiz sotib olish mumkin, lekin xatoga yoʻl qoʻyish ham oson. Masalan:

  • Siz reklama qilingan xizmatlarni taqdim etmaydigan SIM kartani sotib olishingiz ham mumkin.
  • Sizdan juda koʻp haq undirilishi mumkin.
  • Tasodifan telefoningizga mos kelmaydigan SIM kartani sotib olishingiz mumkin.

Agar mahalliy tilni bilmasangiz yoki avtorizatsiyaga ega boʻlmagan dilerdan sotib olsangiz, bu muammolarning kelib chiqish ehtimoli yanada oshadi.

4. eSIM karta

Va nihoyat, qurilmangizda eSIM dastaklanadimi?

eSIM – bu ichki oʻrnatilgan SIM kartadir. U kichik chip boʻlib, telefoningiz platasiga kavsharlangan. Undan foydalanish uchun siz taʼminotchi yoki marketpleysdan internet paketini yuklab olasiz. Uni faollashtirgandan keyin darhol internetga ulanasiz va sizda muayyan miqdorda trafik boʻladi.

eSIM ishlatishning koʻplab afzalliklari bor, masalan, u qulay va tez ishlaydi. Shuningdek, bir qancha internet paketlarini yuklab olib, safar davomida zaruratga qarab ularni almashtirish mumkin. Aksariyat marketpleyslar operatorlar bilan hamkorlik qiladi, shu sababli, mahalliy narxlardagi internet paketlardan foydalanish imkoniga ega boʻlasiz, bu esa eSIM kartani narx jihatidan qulay variantga aylantiradi.

eSIM kartaning yana bir xususiyati shuki, juda koʻp telefonlarda eSIM bilan bir vaqtda odatiy SIM kartani ham ishlatish mumkin. Yaʼni odatiy SIM kartani telefondan chiqarib olishingiz shart emas. Shunchaki, bu SIM karta uchun internetni faolsizlantirib, undan chaqiruv va SMS uchun foydalanaverasiz, internet uchun esa eSIM internet paketini ishlatasiz. Operatorlar koʻpincha arzon narxlarda xalqaro SMS va chaqiruv xizmatlarini taklif qiladi, shu sababli, bu sayohat davomida rouming xarajatlarini tejashning ajoyib usulidir. Bundan tashqari, odatiy telefon raqamingiz autentifikatsiya uchun kerak boʻlib qolishi mumkin.

Airalo bilan safar vaqtida rouming xarajatlarini tejang

Rouming nihoyatda qimmat boʻlishi mumkin, lekin har safar sayohat qilganda rouming uchun toʻlov qilishingiz shart emas. Bu maqolada sayohat vaqtida rouming xarajatlarini tejash va shu bilan birga, aloqada qolishga yordam beruvchi usullar haqida maʼlumot berdik.

Mahalliy Wi-Fi tarmoqqa ulanishingiz, bitta yoki uchta eSIM kartadan foydalanishingiz yoki boshqa usulni tanlashingiz mumkin – eng maqbul usul safarga qarab farq qiladi. Qimmat tariflarga ulanish yoki uyga qaytganda telefon xizmatlari uchun qancha toʻlashga toʻgʻri kelishi haqida oʻylab xavotirlanish shart emas. Buning oʻrniga, maqolamizda keltirilgan usullardan biri yoki barchasidan foydalaning va sayohatingizdan zavqlaning.

Eng hamyonbop eSIM rejalari bilan Airalo marketpleysida tanishishingiz mumkin.


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali 3$ miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.