iPhone uchun xalqaro SIM kartalar boʻyicha qoʻllanma

2007-yilda dastlabki iPhone qurilmasi chiqarilganidan keyin, Apple kompaniyasi dunyodagi eng yirik smartfon taʼminotchilari beshligiga kirdi. 2020-yilning oxiriga kelib, Apple kompaniyasining global smartfon bozoridagi ulushi 13,9 foizni tashkil qildi. Bu dunyodagi har olti nafar odamdan biri iPhone qurilmasini ishlatishini anglatadi.

iPhone qurilmangizni safarlar vaqtida hech xavotirsiz oʻzingiz bilan olib ketishingiz mumkin (agar oldindan ayrim harakatlarni bajarsangiz), lekin har ayrim hollarda xorijda internetga ulanish uchun qanday variantlar mavjudligi aniq bilish imkonsiz.

Bunday variantlarning biri – xalqaro SIM kartadir. Eʼtiborli boʻling, bu mahalliy SIM karta bilan bir xil emas.

Quyida iPhone uchun xalqaro SIM kartalar, ular nima ekani va dunyoning istalgan nuqtasida aloqada qolishingiz uchun qanday yordam berishi mumkinligi haqida batafsil maʼlumot beramiz.

Xalqaro SIM karta nima?

Koʻplab operatorlar abonentlarni ishontirishga qanchalik harakat qilmasin, mobil internetdan foydalanish imkoniyati xorijda yakun topmaydi. Operatorning infratuzilmasi bunday imkoniyatdan mahrum boʻlishi mumkin, lekin uyali texnologiyalar rivojlangani sari, bu toʻsiq ham sekin-asta barham topmoqda. 

Xorijga safar vaqtida bitta SIM karta yordamida smartfondan internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlishni va bir vaqtning oʻzida, operatorlar undirishni yoqtiradigan rouming toʻlovlarini toʻlamaslikni xohlarmidingiz?

Buning toʻliq imkoni bor.

Xalqaro SIM karta mobil trafik mavjud har qanday yerda ishlaydi. Bu hamma yerda bitta karta, bitta hisob, bitta internet paketi va bitta telefon raqamini ishlatish degani. Mana ayrim misollar:

Xalqaro SIM kartalar tez-tez xorijga safar qiladigan odamlar uchun eng afzal variantlardan biridir, ayniqsa, safar yoʻnalishi bitta mintaqa yoki mamlakat bilan cheklanmasa. 

Xalqaro SIM kartaning afzalliklari

Xalqaro SIM kartalar chet elda vaqti mobil internetdan foydalanish uchun boshqa yechimlarga qaraganda koʻplab afzalliklarga ega. Bir qancha davlatlarda uyali aloqa xizmatidan foydalanish imkoniyatidan tashqari, ular quyidagi afzalliklarni taklif qiladi:

  • Yaxshiroq qamrov. Xalqaro SIM kartalar sayohat uchun juda mos tanlovdir. Ular xalqaro rouming yoki mahalliy SIM kartalarga qaraganda yaxshiroq qamrovni taklif qiladi.
  • Xalqaro rouming xizmatiga qaraganda ancha yaxshi narxlar. Xalqaro SIM kartadan foydalanish xarajatlari miqdori odatda uyingizdagi uyali aloqa xarajatlari darajasida boʻladi.
  • Hammasi bitta tilda. Xarid qilingan paketga nimalar kirishini bilish uchun xorijiy tildagi yozuvlarni tushunishga urinish shart emas.
  • Onlayn tarzda boshqarish mumkin. Aksariyat xizmatlar barcha zaruriy funksiyalarni oʻz ichiga oluvchi portalga ega.

iPhone uchun xalqaro SIM karta, eSIM va mahalliy SIM kartaning farqi nimada?

Xalqaro SIM kartalar kamroq tanilgan, lekin sayohatchilar uchun qulay variantdir, ulaning umumiy atamasi hali ham vaqti-vaqti bilan chalkashlikka sabab boʻladi. (Masalan, Google orqali “iPhone uchun xalqaro SIM kartalar” deb qidirsangiz ham, xorijda iPhone qurilmasidan qanday foydalanish haqidagi maslahatlar chiqib kelishi mumkin).

Biz iPhone uchun xalqaro SIM kartalar, xalqaro eSIM va mahalliy SIM kartalar orasidagi farqlar haqida qisqacha maʼlumot tayyorladik.

1. Bu safardan avval xarid qilish kerak boʻlgan moddiy kartadir

“Discover Global eSIM” kartasidan farqli ravishda, xalqaro SIM karta moddiy kartadir. Yaʼni xalqaro SIM kartani safarga joʻnab ketishdan avval xarid qilish va faollashtirishingiz kerak.

Faollashtirishga oid yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilishga ulgurishingiz uchun uni kamida bir hafta oldin xarid qilishni tavsiya qilamiz.

Bundan tashqari, iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlamaganiga ishonch hosil qiling. Agar telefon operatorga bogʻlangan boʻlsa, unda xalqaro SIM karta ishlamaydi.

2. Butun dunyo uchun bitta SIM karta – alohida davlatlar uchun variantlar yoʻq

Tez-tez koʻplab mamlakatlarga borib turadigan sayohatchilar uchun xalqaro SIM kartalar optimal variantdir. Ular har bir yangi mamlakatda mahalliy SIM karta qidirib ovora boʻlmaslik va mahalliy operatorga xalqaro trafik uchun haq toʻlamaslik imkonini beradi. Masalan, Airalo Discover Global eSIM kartasi yuzlab mamlakatlarda ishlaydi, shu sababli, u orqali dunyoning istalgan nuqtasidan internetga kirishingiz mumkin.

Ular kema ekipaji yoki xalqaro ofislarga ish safari yuzasidan qatnash uchun juda mosdir.

Biroq bitta mamlakat yoki hatto bitta mintaqaga borayotgan boʻlsangiz, xalqaro SIM karta imkoniyatlari ehtiyojingizdan ortiqcha boʻlishi mumkin. Va siz kerak boʻlmagan imkoniyatlar uchun ham haq toʻlaysiz. Bunday holatda, muayyan mamlakat uchun eSIM yoki hatto mahalliy eSIM yaxshiroq tanlov boʻlishi mumkin.

3. Xalqaro SIM kartani eSIM bilan birga ishlatish mumkin

Agar sizda iPhone XR yoki undan keyingi modeldagi qurilma boʻlsa, u eSIM kartani dastaklaydi. Bu xalqaro SIM kartani eSIM bilan birga ishlatish mumkinligini anglatadi.

Agar muayyan vaqt davomida maʼlum bir hududda boʻlsangiz, eSIM internet paketi mobil trafikni toʻldirishi mumkin. Siz SIM kartangizda internet-rouming uchun haq toʻlamaysiz va mobil internetdan mahalliy narxlarda foydalanish imkoniga ega boʻlasiz.

Xalqaro SIM kartalarning aksariyati telefon raqami bilan birga taqdim etiladi, shu sababli, sayohat vaqtida shu raqam orqali chaqiruv qilish yoki SMS yuborishingiz mumkin. Agar muayyan vaqtda davomida xalqaro SIM kartaga ehtiyoj boʻlmasa, iPhone qurilmasida uni osongina faolsizlantirish va keyinchalik qayta yoqish mumkin.

Quyida iPhone uchun eSIM kartadan foydalanishga oid yana bir nechta maslahat berilgan.

iPhone uchun xalqaro SIM karta haqida oʻylayapsizmi? Xalqaro eSIM sotib oling!

iPhone qurilmalarida xalqaro SIM kartalardan toʻliq foydalanish mumkin. Sayohat rejalaringizga qarab, xalqaro SIM karta qulay va hamyonbop variant boʻlishi mumkin. Biroq, sayohat vaqtida moddiy SIM kartalarga oid ayrim qiyinchiliklar mavjud. Hal qilish kerak boʻlgan koʻplab muammolar bor: joriy SIM kartani telefondan chiqarib olishdan tortib, xalqaro SIM kartani oʻz vaqtida sizga yetkazilishini taʼminlashgacha.

Xalqaro eSIM – ancha oson yechimdir. Airalo xalqaro eSIM kartasini sotib oling hamda istalgan vaqt va joyda aloqada qoling. Bunday qulaylikdan yuz oʻgirib boʻlarkanmi?


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali 3$ miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.