Press-reliz: Airalo B seriyali moliyalashtirish doirasida 60 mln $ jalb qildi

Airalo cofounders

DELAVER, AQSH: Airalo – global aloqa sohasini tubdan oʻzgartirayotgan kashshof eSIM marketpleysi bugun 60 mln $ jalb qilgan holda B seriyali moliyalashtirish bosqichini muvaffaqiyatli yakunlaganini eʼlon qildi. e& global texnologiya guruhining boʻlinmasi e& capital boshchiligida Airaloʼning umumiy mablagʻi 67,3 million $ ga yetdi. Ishtirok etgan nufuzli investorlar guruhi orasida Antler Elevate, Liberty Global, Orange, T.Capital, Rakuten Capital, Singtel Innov8, Telefónica Ventures, Sequoia Capital India va SEA (Peak XV Partners sifatida tanilgan) Surge, KPN Ventures hamda I2BF Global Ventures ham bor. Bu xilma-xil sarmoyadorlar konsorsiumi Airalo kompaniyasining butun dunyo boʻylab sayohatchilar uchun qulay va hamyonbop global aloqani taʼminlash boʻyicha mazkur transformativ ishi sanoat miqyosida eʼtirof etilayotganini koʻrsatadi.

Bu muhim mablagʻning kiritilishi Airaloʼning rivojlanish rejalari, jumladan, millionlab foydalanuvchilardan iborat faol hamjamiyatni kengaytirish, xalqaro jamoani kuchaytirish, shuningdek, butun dunyodagi biznes va tashkilotlarga moslangan innovatsion aloqa yechimi – Airalo Partnersʼni tanishtirish rejasini amalga oshirishni osonlashtiradi. Eng ilgʻor texnologiya va foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan yondashuvni birlashtirgan holda, Airalo sayohatchilarni mobil tarmoqlardan uzluksiz foydalanish imkoniyati bilan taʼminlashda davom etadi va bu orqali ularning sayohatini unutilmas tajribaga aylantiradi.

Hammuassislar Abraham Burak va Bahadir Ozdemir kompaniyaning taraqqiyoti va kengayib borayotgan investorlar tarmogʻining doimiy dastagi uchun minnatdorchilik bildirib, quyidagilarni taʼkidladi: “Oxirgi yillarda Airalo dunyo boʻylab nihoyatda hamyonbop va qulay aloqani taʼminlash orqali ogʻriqli muammolarni yengillashtirdi va millionlab kishilarning sayohat tajribasini yaxshiladi. Bu yangi investorlar konsorsiumi butun dunyo boʻylab tezkor aloqa uchun darcha yaratishga intilish yoʻlida bizga yordam beradi”.

2019-yili tashkil etilganidan beri, Airalo oʻzining oliy maqsadi – global aloqani demokratlashtirish, uni butun dunyo boʻylab sayohatchilar uchun qulay va hamyonbop qilish yoʻlida sobit qolmoqda. Jahondagi eng yirik eSIM platformasi sifatida tanilgan Airalo marketpleysi foydalanuvchilarga qulay eSIM (raqamli SIM karta) paketlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, bu orqali foydalanuvchilar dunyo boʻylab yuzlab manzillarda mobil tarmoqlarga qiyinchiliksiz ulanishi mumkin.

Airaloʼning 200 dan ortiq mamlakat va mintaqani qamrab olgan maxsus xizmatlari butun dunyo boʻylab millionlab foydalanuvchilarning ishonchini qozongan. Kompaniyaning masofaviy faoliyatga asoslangan yondashuvi 44 mamlakat va olti qitʼadan boʻlgan 250 dan ortiq mutaxassislardan iborat koʻp qirrali va iqtidorli jamoani shakllantirdi. Bu fidokor jamoa butun dunyodan biznes va tashkilotlar bilan yaqindan ishlovchi global hamkorlik guruhini oʻz ichiga oladi. Airalo veb-sayti va ilovasining 22 ta tilda mavjudligi uning global jozibasidan dalolatdir, bundan tashqari, yaqin kelajakda yordam xizmati taklif etiladigan tillar sonini 53 taga yetkazish rejalashtirilgan. Hozirda Airalo ilovasi App Storeʼda 4,7 yulduz va Google Play Storeʼda 4,6 yulduz reytingga ega, shuningdek, bir qancha mamlakatda mobil ilova doʻkonlarida 1-raqamli ilova boʻlib turibdi, bu esa foydalanuvchilarning ushbu ilovadan mamnunligini tasdiqlaydi.

Muvaffaqiyatli moliyalashtirish bosqichidan kelib chiqib, e& capital oʻz kuchlarini Airalo bilan birlashtirish ishtiyoqini bildirdi. “Biz soʻnggi 18 oy ichida mijozlar uchun sifatli xizmat koʻrsatishga diqqat qaratgan holda uzoq yoʻlni bosib oʻtgan Airalo kompaniyasi uchun B seriyali moliyalashtirish bosqichiga boshchilik qilishdan mamnunmiz. Biz Airaloʼning oʻz foydalanuvchilari hamjamiyatini kengaytirish, xilma-xil jamoasini kuchaytirish hamda biznes va tashkilotlar uchun inqilobiy aloqa yechimi – oʻzining eng yangi Airalo Partners mahsulotini tanishtirish salohiyatiga ega ekaniga toʻliq ishonamiz. Biz Airalo sayohat davomida ajralmas hamroh boʻlishi mumkinligiga ishonamiz va dunyo boʻylab tezkor aloqa imkoniyati uchun muhim darvozaga aylanish yoʻlida ularni dastaklashdan mamnunmi, – deya taʼkidladi e& capital boshqaruvchi direktori Kushal Shah.

Airaloʼning favqulodda rivojlanish trayektoriyasi va sayohat tajribasini tubdan oʻzgartirishga boʻlgan ahdi uni kashshof va sayohatning muhim qismiga aylantirdi. Jalb qilingan yangi sarmoya va strategik hamkorlar Airaloʼga oʻz faoliyatini va imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi, bu orqali Airalo butun dunyodagi sayohatchilarni, ularning manzilidan qatʼi nazar, uzluksiz aloqa bilan taʼminlaydi.

OAV savollari yuzasidan [email protected] email manziliga murojaat qilishingiz mumkin. 

Airalo haqida

2019-yili Bahadir Ozdemir va Abraham Burak tomonidan asos solingan Airalo – dunyodagi birinchi va eng yirik eSIM marketpleysidir. Ushbu platforma 200 dan ortiq mamlakat va mintaqada uchun eSIM paketlarini taklif qiladi, bu esa sayohatchilarga belgilangan manzilda bir zumda mobil tarmoqlarga ulanish imkonini beradi. Millionlab foydalanuvchilar 44 mamlakatda faoliyat yurituvchi xodimlar jamoasi bilan Airalo global aloqa sohasida inqilob qilmoqda va butun dunyo boʻylab sayohatchilarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratmoqda. 

Airalo haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi sahifaga kiring: www.airalo.com.

e& capital haqida

e& capital – bu yaxshiroq va yorqinroq raqamli kelajakni bunyod etuvchi gʻoyalar va insonlarga investitsiya kirituvchi e& kompaniyasining sarmoyaviy ustunidir. U istiqbolli texnologiya kompaniyalarini dastaklaydi, ularning rivojlanishiga yordam beradi va dunyoni ilgari siljituvchi muhim yutuqlarga erishish imkonini beradi.

e& capital mavjud vaziyatni oʻzgartirish va unga eʼtiroz bildirishga jurʼat etuvchi startaplarga investitsiya kiritadi, chunki yanada yaxshiroq kelajak qurish mumkinligiga ishonadi. Bu kompaniya yirik gʻoyalarni ertangi kunning yetakchi bizneslariga aylantirish uchun dadil tadbirkorlar bilan hamkorlik qiladi. 

e& capital haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi sahifaga kiring: https://eand.com/en/capital.jsp


eSIM kartani sinash va yangicha usulda muloqot qilishga tayyormisiz?

Istalgan vaqtda va istalgan joyda eSIM karta xarid qilish, boshqarish va uning hisobini toʻldirish uchun Airalo ilovasini yuklab oling!

Airalo | Download mobile app
Airalo | Use your Free Credit

Olingan kreditni ishlating.

Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali 3$ miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.