Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM qanday oʻrnatiladi?

Ayrim Samsung Galaxy modellarida eSIM dastaklanmaydi, shu sababli dastlab qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Samsung Galaxy qurilmangiz eSIM'ni dastaklashi yoki dastaklamasligini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring. Samsung Galaxy qurilmangizda eSIM dastaklanishi va bu qurilma operatorga bogʻlanmaganiga ishonch hosil qilganingizdan keyin, eSIM'ni sozlash uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz mumkin.

Airalo ilovasida eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?

Quyidagi qadamlar orqali eSIM oʻrnatishga oid barcha koʻrsatmalarni topishingiz mumkin.

  1. Airalo ilovasini oching.
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang.
  3. “eSIM ishlatishga tayyormisiz?” rukniga kiring.
  4. Oʻrnatish yoki ulashish bandini tanlang.

Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?

Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.

Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.

eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

  1. Airalo hisobingizga kiring
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring
  3. Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
  4. Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilardan birini koʻrishingiz mumkin:
    • Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
    • eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
  5. Afzal oʻrnatish usulini tanlang: bevosita, QR kod orqali yoki qoʻlda

Ulanish sozlamalari uchun xuddi shu eSIM'ni oching va eSIM qanday ishlatiladi > eSIM ishlatishga tayyormisiz? > Qanday ulaniladi rukniga (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari > Sahifa 2/2) qarang.

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM'ni bevosita oʻrnatish jarayoni qanday?

  1. Airalo ilovasida eSIM kartalarim rukniga kiring
  2. Tegishli eSIM'ni tanlang va koʻrsatmalarni oching (Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi)
  3. Bevosita usulini tanlab, eSIM oʻrnatish tugmasini bosing
  4. Ruxsat tugmasini bosing
  5. Oʻrnatish yakunlanguncha bir necha daqiqa kuting
  6. Oʻrnatish yakunlangach, Sozlamalar > Ulanishlar > SIM karta menejeri ruknini oching
  7. Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM'ni qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday

  1. Settings ruknini oching
  2. Ulanishlar > SIM karta menejeri > eSIM qoʻshish rukniga kiring
  3. QR kodni skanerlash tugmasini bosing (bu ayrim qurilmalarda “Xizmat provayderi QR kodini skanerlash” deb chiqishi mumkin)
  4. Faollashtirish kodini kiritish tugmasini bosing
  5. Airalo ilovasidagi eSIM tafsilotlarida keltirilgan faollashtirish kodini kiriting
  6. Avval Ulanish, keyin Qoʻshish tugmasini bosing
  7. eSIM oʻrnatilgach, Sozlamalar > Mobil internet ruknini oching
  8. eSIM kartangizni tanlang

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM'ni QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday?

  1. Settings ruknini oching
  2. Ulanishlar > SIM karta menejeri > eSIM qoʻshish rukniga kiring
  3. QR kodni skanerlash tugmasini bosing (bu ayrim qurilmalarda “Xizmat provayderi QR kodini skanerlash” deb chiqishi mumkin)
  4. Airalo ilovasidagi eSIM tafsilotlari ruknida koʻrsatilgan QR kodni skanerlang
  5. Qoʻshish tugmasini bosing
  6. eSIM oʻrnatilgach, Sozlamalar > Mobil internet ruknini oching
  7. eSIM kartangizni tanlang

Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.