Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

Ayrim Samsung qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi. Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

  • eSIM dastaklaydi
  • Operatorga bogʻlanmagan
  • Barqaror internet aloqasiga ega

Samsung Galaxy qurilmangiz eSIM'ni dastaklashi va aloqa operatoriga bogʻlanmaganini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring.

Airalo ilovasida eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?

Quyidagi qadamlar orqali eSIM oʻrnatishga oid barcha koʻrsatmalarni topishingiz mumkin.

  1. Airalo ilovasini oching.
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang.
  3. “eSIM ishlatishga tayyormisiz?” rukniga kiring.
  4. Oʻrnatish yoki ulashish bandini tanlang.

Qoʻlda oʻrnatish koʻrsatmalarini koʻrish uchun avval Boshqa variantlarni koʻrish bandini, keyin Qoʻlda oʻrnatish koʻrsatmalari ruknidagi Koʻrsatmalarni koʻrish bandini tanlang.

Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?

Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.

Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.
 

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM qanday oʻrnatiladi?

  1. Settings ruknini oching
  2. Ulanishlar rukniga kiring
  3. SIM karta menejeri tugmasini bosing
  4. eSIM qoʻshish tugmasini bosing
  5. QR kodni skanerlash tugmasini bosib, Faollashtirish kodini kiritish bandini tanlang
  6. Airalo ilovasidan Faollashtirish kodi nusxalab oling va uni tegishli maydonga joylang
  7. Avval Tayyor, keyin Qoʻshish tugmasini bosing
  8. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
  9. eSIM'ni sozlashni yakunlash uchun barcha qoʻshimcha amallarni bajaring.

Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?

Ularni quyidagi ikkita joyning biridan topishingiz mumkin:

  • eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM ishlatishga tayyormisiz? > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
  • YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2

Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?

  1. Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
  2. Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
  3. Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)

Boshqa usulda oʻrnatishni xohlaysizmi?

Quyidagi usullarda ham oʻrnatishingiz mumkin:

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani bevosita oʻrnatish jarayoni qanday?

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday?