Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

iOS qurilmada Airalo eSIM kartani qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?

Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

Airalo ilovasida eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?

Quyidagi qadamlar orqali eSIM oʻrnatishga oid barcha koʻrsatmalarni topishingiz mumkin.

  1. Airalo ilovasini oching.
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang.
  3. “eSIM ishlatishga tayyormisiz?” rukniga kiring.
  4. Oʻrnatish yoki ulashish bandini tanlang.

Qoʻlda oʻrnatish koʻrsatmalarini koʻrish uchun avval Boshqa variantlarni koʻrish bandini, keyin Qoʻlda oʻrnatish koʻrsatmalari ruknidagi Koʻrsatmalarni koʻrish bandini tanlang.

Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?

Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.

Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.

iOS qurilmada eSIM qoʻlda qanday oʻrnatiladi?

  1. Settings ruknini oching
  2. Cellular yoki Mobile Data bandini bosing
  3. Add eSIM (yoki Add Cellular/Mobile Data Plan) bandini tanlang
  4. Avval Use QR Code bandini, keyin Enter Details Manually bandini bosing
  5. SM-DP+ manzili, faollashtirish kodi va tasdiqlash kodini (agar mavjud boʻlsa) kiriting
  6. Next tugmasini bosing, keyin Continue tugmasini ikki marta bosing
  7. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting, keyin Done tugmasini bosing
  8. eSIM uchun yorliq (masalan, “Airalo”) tanlang
  9. Birlamchi liniya (Default Line) sahifalarida:
    • SMS va chaqiruvlar uchun asosiy liniyani tanlang
    • iMessage va FaceTime uchun asosiy liniyani tanlang
    • Cellular/Mobile Data (Mobil internet) uchun eSIM'ni tanlang
  10. ”Allow Cellular Data Switching” parametri OFF (oʻchiq) ekaniga ishonch hosil qiling

*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.

Tarmoqqa qanday ulaniladi

  1. Sozlamalar > Mobil > rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
  2. Bu liniyani yoqish sozlamasini faollashtiring.
  3. Sozlamalar > Mobil > Mobil internet > rukniga kiring va tanlanmagan boʻlsa, yangi eSIM'ni tanlang.
  4. Mobil internetni almashtirishga ruxsat sozlamasini faolsizlantiring.
  5. Sozlamalar > Mobil > Birlamchi ovozli liniya rukniga kirib, SMS va chaqiruvlar uchun yangi eSIM'ni tanlang (agar paketingizda SMS va chaqiruvlar boʻlsa).
  6. Sozlamalar > Mobil rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
  7. Tarmoqni tanlash bandini bosib, Avtomatik parametrini faolsizlantiring.
  8. eSIM tarmogʻini tanlang (“Tarmoq” rukniga qarang). Uning paydo boʻlishiga biroz vaqt ketishi mumkin.
  9. Sozlamalar > Mobil rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
  10. Mobil internet tarmogʻi ruknini tanlang va yangi eSIM uchun barcha APN maydonlariga APN kiriting (agar talab etilsa). 
  11. Yangi eSIM uchun internet-roumingni yoqing (agar talab etilsa).
  12. Parvoz rejimini yoqing va oʻchiring.

Qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatimizga murojaat qiling va biz mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?

iOS qurilmada Airalo eSIM qanday qilib bevosita oʻrnatiladi

iOS qurilmada Airalo eSIM QR kod orqali qanday oʻrnatiladi