Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:
- eSIM'ni dastaklaydi (qarang: Qaysi qurilmalarda eSIM dastakalanadi? yoki iOS qurilmamda eSIM dastaklanishini qanday tekshirishim mumkin?)
- Operatorga bogʻlanmagan
- Barqaror internet aloqasiga ega (Wi-Fi tarmoq boʻlgani afzal)
eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
- Airalo hisobingizga kiring
- eSIM kartalarim rukniga kiring
- Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
- Oʻrnatish yoki ulashish tugmasini bosing
- Oʻrnatishni boshlash tugmasini bosing
Shuningdek, eSIM uchun Tafsilotlar tugmasini bosib, oʻrnatish koʻrsatmalariga kirishingiz mumkin.
Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?
Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.
Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.
iOS qurilmada eSIM qanday bevosita oʻrnatiladi
- Faollashtirish boshlangunga qadar Oʻrnatishni boshlash > Davom etish tugmasini bosing — soʻralsa, eSIM'ni faollashtirishga ruxsat bering.
- eSIM faollashguncha kuting (jarayondan chiqmang – bunga bir necha daqiqa ketishi mumkin).
- Tegishli soʻrov chiqqanida Tayyor bandini tanlang. Keyin eSIM'ni sozlaysiz.
*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.
Bu qadamlarni yakunlagach, eSIM oʻrnatilganini tasdiqlovchi xabar chiqadi.
Tarmoqqa qanday ulaniladi
- Sozlamalar > Mobil rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
- Bu liniyani yoqish sozlamasini faollashtiring.
- Sozlamalar > Mobil > Mobil internet > rukniga kiring va tanlanmagan boʻlsa, yangi eSIM'ni tanlang.
- Mobil internetni almashtirishga ruxsat sozlamasini faolsizlantiring.
- Sozlamalar > Mobil > Birlamchi ovozli liniya rukniga kiring hamda SMS va chaqiruvlar uchun yangi eSIM'ni tanlang (agar paketingizda SMS va chaqiruvlar boʻlsa).
- Sozlamalar > Mobil rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
- Tarmoqni tanlash bandini bosib, Avtomatik parametrini faolsizlantiring.
- eSIM tarmogʻini tanlang (“Tarmoq” rukniga qarang). Uning paydo boʻlishiga biroz vaqt ketishi mumkin.
- Sozlamalar > Mobil rukniga kiring va yangi eSIM'ni tanlang.
- Mobil internet tarmogʻi ruknini tanlang va yangi eSIM uchun barcha APN maydonlariga APN kiriting (agar talab etilsa).
- Yangi eSIM uchun Internet roumingni faollashtiring (agar talab etilsa).
- Parvoz rejimini yoqing va oʻchiring.
Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.
Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?

