Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:
- eSIM'ni dastaklaydi (qarang: Qaysi qurilmalarda eSIM dastakalanadi? yoki iOS qurilmamda eSIM dastaklanishini qanday tekshirishim mumkin?).
 - Operatorga bogʻlanmagan
 - Barqaror internet aloqasiga ega (Wi-Fi tarmoq boʻlgani afzal)
 
eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
- Airalo hisobingizga kiring
 - eSIM kartalarim rukniga kiring
 - Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
 - Tafsilotlar bandini bosing
 - Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
	
- Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
 - eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
 
 - Qoʻlda usulini tanlang va SM-DP+ manzili hamda faollashtirish kodidan (agar mavjud boʻlsa, tasdiqlash kodidan ham) nusxa oling
 
iOS qurilmada eSIM qoʻlda qanday oʻrnatiladi?
- Settings ruknini oching
 - Cellular yoki Mobile Data bandini bosing
 - Add eSIM (yoki Add Cellular/Mobile Data Plan) bandini tanlang
 - Avval Use QR Code bandini, keyin Enter Details Manually bandini bosing
 - SM-DP+ manzili, faollashtirish kodi va tasdiqlash kodini (agar mavjud boʻlsa) kiriting
 - Next tugmasini bosing, keyin Continue tugmasini ikki marta bosing
 - eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting, keyin Done tugmasini bosing
 - eSIM uchun yorliq (masalan, “Airalo”) tanlang
 - Birlamchi liniya (Default Line) sahifalarida:
	
- SMS va chaqiruvlar uchun asosiy liniyani tanlang
 - iMessage va FaceTime uchun asosiy liniyani tanlang
 - Cellular/Mobile Data (Mobil internet) uchun eSIM'ni tanlang
 
 - ”Allow Cellular Data Switching” parametri OFF (oʻchiq) ekaniga ishonch hosil qiling
 
*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.
Mobil internetga qanday ulaniladi?
- Settings > Cellular (yoki Settings > Mobile Data) ruknini oching
 - eSIM rejangiz ustiga bosing
 - Agar yoqilmagan boʻlsa, Turn On This Line parametrini yoqing
 - Data Roaming kalitini “ON” qilib yoqing (talab etilsa; Airalo ilovasida eSIM boʻyicha koʻrsatmalarni tekshiring)
 - Cellular/Mobile Data rukniga kiring va internet liniyasi sifatida Airalo eSIM'ni tanlang
 - eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak.
 
Qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatimizga murojaat qiling va biz mamnuniyat bilan yordam beramiz.
Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?

