Agar iPad qurilmangizda allaqachon eSIM oʻrnatilgan boʻlsa, yangi eSIM qoʻshishdan oldin eskilarini oʻchirishingiz kerak boʻlishi mumkin.
eSIM iPad qurilmasidan qanday olib tashlanadi
- Sozlamalar > Mobil internet rukniga kiring va olib tashlanishi kerak boʻlgan eSIM'ni tanlang.
- eSIM'ni oʻchirish tugmasini bosing.
- Agar soʻralsa, oʻchirishni tasdiqlang.
Agar sizda faqat bitta eSIM boʻlsa, eSIM'ni oʻchirish opsiyasini koʻrishingiz mumkin.
Agar bir nechta eSIM boʻlsa, oʻchirish uchun tegishli eSIM'ni tanlang – axborot (i) belgisiga teginishingiz kerak boʻlishi mumkin.
eSIM qurilmadan oʻchirib tashlansa, aloqador toʻlovlarning olinishi toʻxtaydimi?
Yoʻq. eSIM'ni oʻchirsangiz, u faqat qurilmadan olib tashlanadi.
Bunda faol obunalar yoki obunani uzaytirish amallari bekor qilinmaydi, shu sababli eSIM'ni oʻchirishdan oldin bunga tayyor ekaningizga ishonch hosil qiling.

