Ayrim hollarda eSIM'ni yangi qurilmaga oʻtkazishni xohlashingiz mumkin, lekin afsuski, Airalo orqali xarid qilingan eSIM'larni faqat bitta qurilmaga oʻrnatish mumkin.
Joriy qurilmamdagi eSIM'ni yangi qurilmaga oʻrnata olamanmi?
Yoʻq. Airalo eSIM'ni faqat bitta qurilmaga oʻrnatish mumkin. Oʻrnatilganidan keyin uni boshqa qurilmaga oʻtkaza olmaysiz.
Chiqarib olib boshqa telefonga kiritish mumkin boʻlgan anʼanaviy SIM kartalardan farqli oʻlaroq, eSIM raqamli tarzda joylangan boʻlib, u faollashtirilgan birinchi qurilmaga qulflanadi.
Hali ham eSIM'da ishlatilmagan trafik bor. Uni qanday ishlatishim mumkin?
Bu trafikni eski qurilmangizda ishlatishda davom etishingiz mumkin. Agar tangi qurilmangizni ulamoqchi boʻlsangiz, eski qurilmangizda shaxsiy hotspotni yoqish orqali trafikni ulashishingiz mumkin.
Eski qurilmam buzildi yoki uni ishlatib boʻlmayapti. Nima qilsam boʻladi?
Afsuski, ortiq qurilmadan foydalib boʻlmasa, eSIM va qolgan trafikni tiklash yoki oʻtkazish imkonsiz. Bu holatda eng yaxshi variant – yangi eSIM xarid qilib, uni yangi qurilmangizga oʻrnatish.
Agar qoʻshimcha yordam kerak boʻlsa yoki eSIM haqida savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling. Doim yordam berishga tayyormiz!

