Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

eSIM orqali SMS va chaqiruvlardan qanday foydalanishim mumkin?

Ayrim Airalo eSIM'lari chaqiruv qilish va matnli xabarlar (SMS) yuborish imkoniyatini oʻz ichiga oladi. Agar eSIM orqali chaqiruv qilish yoki SMS yuborishda muammoga duch kelsangiz, buning sabablari bir nechta boʻlishi mumkin.

eSIM kartamga SMS va chaqiruvlar kiritilganmi?

Agar Airalo SMS va chaqiruv imkoniyatiga ega eSIM'larni taklif qilsa-da, koʻpchilik eSIM'lar faqat trafikni oʻz ichiga oladi.

eSIM SMS va chaqiruvlarni ichiga olishi yoki olmasligini qoʻshimcha axborot ruknidagi “Reja turi” boʻlimida tekshirishingiz mumkin.

“Trafik, chaqiruv va SMS” rejalari SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga oladi. “Faqat trafik” rejalari SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga olmaydi.

eSIM SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga olish-olmasligini qayerdan aniqlashim mumkin?

eSIM xarid qilishdan oldin bu hisob-kitob vaqtida qoʻshimcha axborotda koʻrsatiladi. 

eSIM xarid qilingandan keyin eSIM kartalaim rukniga kiring va tegishli eSIM'ni tanlang – “Yana” ruknida qoʻshimcha axborotni topasiz.

Xabar almashinuv ilovalari yordamida faqat trafikka ega eSIM orqali chaqiruv qilishim mumkinmi?

Ha, odatda WhatsApp, Telegram va Signal kabi xabar almashinuv ilovalaridan faqat trafikka ega eSIM orqali chaqiruv qilish uchun foydalanishingiz mumkin – bu ilovalar odatda faqat trafikdan foydalanadi.

Nega SMS va chaqiruvlarga ega eSIM ishlamayapti?

Agar eSIM rejasi SMS va chaqiruvlarni oʻz ichiga olsa hamda chaqiruv qilish va SMS yuborish yoki ularni qabul qilishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, quyidagilarni sinab koʻring:

1. eSIM oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling – uni qurlmangiz sozlamalarida koʻra olishingiz kerak.
2. SMS va chaqiruvlar uchun eSIM tanlanganiga ishonch hosil qiling – oʻrnatish boʻyicha koʻrsatmalardagi qadamlarni bajaring.
3. eSIM qamrov hududi ichida ekaningizga ishonch hosil qiling – eSIM faqat shu hududda ishlaydi.

Agar yuqoridagilarning barchasini bajargan boʻlsangiz, eSIM tarmogʻini qoʻlda tanlab koʻring. eSIM oʻz qamrov hududida biror tarmoqqa ulanadi – baʼzida u bir nechta tarmoqqa ulanishi mumkin. U odatda avtomatik tarzda mavjud eng kuchli tarmoqni tanlaydi, lekin tasodifan kuchsizroq tarmoqqa ulanib qolishi ham mumkin.

Mavjud tarmoqlar roʻyxatini topish uchun eSIM tafsilotlarini oching. Qurilmangizning mobil tarmoq sozlamalari orqali toʻgʻri tarmoqni qoʻlda tanlang. Bu koʻpincha SMS yoki chaqiruvlarga oid muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Oʻzgartirish kiritgandan keyin ham muammo bartaraf etilmasa, qurilmangizni qayta ishga tushiring.

eSIM orqali xalqaro SMS va chaqiruvlarni qanday foydalanishim mumkin?

eSIM orqali xalqaro chaqiruv qilish yoki SMS yuborish uchun har doim mamlakat kodini kiritishingiz kerak – telefon raqamlarini plus belgisi (+) bilan kiritishni unutmang.

Toʻgʻri: +1 555 123 4567
- Xato: 001 555 123 4567 yoki 0555 123 4567

Agar hudud kodi nol bilan boshlansa, xalqaro chaqiruv qilish uchun raqam terishda shu nolni yozmang.

Toʻgʻri: +30 73 1234 5678
- Xato: +30 073 1234 5678

Discover+ eSIM raqamimga boshqalar qanday qilib chaqiruv qilishi yoki SMS yuborishi mumkin?

Discover+ eSIM orqali chaqiruv qilish uchun raqam terishda quyidagilarni kiritishingiz kerak:

- Plus belgisi (+)
- eSIM'ning mamlakat kodi (odatda “+1”)
- Telefon raqami

Mamlakat kodini oʻzgartirish yoki alohida kiritishingiz shart emas. 

Hali ham savollaringiz boʻlsa, yordam xizmati jamoasiga murojaat qilishingiz mumkin. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va har doim yordamga shaymiz.