Sayohat rejalari kutilmaganda oʻzgarishi mumkinligi yoki safarga tayyorgarlik hayajonida xatolar uchrab turishini tushunamiz. Agar adashib notoʻgʻri mamlakat uchun tarif sotib olgan boʻlsangiz yoki manzilingiz oʻzgargan boʻlsa, biz quyidagicha yordam bera olamiz.
Notoʻgʻri eSIM xarid qilinishining keng tarqalgan sabablari
Trafik rejasini tanlashda adashish oson. Koʻpincha foydalanuvchilarimiz quyidagi holatlarga duch kelishadi:
- Mamlakat nomlaridagi chalkashlik: Oʻxshash nomli mamlakatni tanlash (masalan, Avstraliya oʻrniga Avstriya).
- Joʻnab ketish joyi va borilayotgan joy: Safar qilinayotgan manzil oʻrniga adashib yashayotgan mamlakatingiz uchun tarif sotib olish.
- Mintaqaviy va mahalliy eSIM: Bir nechta bekatdan iborat marshrut uchun mintaqaviy tarif yaxshiroq boʻlsa-da, bitta mamlakat uchun eSIM sotib olish.
Agar mendagi eSIM notoʻgʻri boʻlsa, nima qilishim mumkin?
1. Pulni qaytarishni soʻrang
Agar eSIM'dan foydalana olmasangiz, endi pulni qaytarish soʻrovini bevosita Airalo hisobingiz orqali yuborishingiz mumkin.
- Qanday yuboriladi: “eSIM kartalarim” rukniga kiring, paketingizni tanlang va “Paketlar tarixi” ruknidan “Pulni qaytarishni soʻrash” tugmasini toping. Shuningdek, uni Profil > Buyurtmalar rukni orqali Buyurtma tafsilotlari bo‘limidan ham topishingiz mumkin. Yodda tuting, bu tugma faqat mos buyurtmalar uchun koʻrinadi, chunki muddati tugagan yoki toʻliq ishlatilgan eSIM'lar uchun pulni qaytarish imkoniyat mavjud emas.
- Pulni qaytarish sababini tanlang: Siz “Xato xarid”, “Rejalar oʻzgardi”, “Oʻrnatishga oid muammolar” yoki “eSIM ishlamayapti” variantlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yodda tuting, “Xato xarid” va “Rejalar oʻzgardi” sababi uchun pul faqat Airmoney (ilovamiz ichidagi valyuta) shaklida qaytariladi. Qolgan ikki holatda esa Airmoney yoki pul mablagʻini dastlabki toʻlov usulingizga qaytarish variantidan birini tanlang.
- Qayta ishlash muddati: Airmoney darhol tushadi, ammo dastlabki toʻlov usuliga qaytariladigan mablagʻ odatda 7–10 ish kuni ichida amalga oshiriladi (yoki bankingizga qarab 30 kungacha choʻzilishi mumkin).
Muhim: Agar yaqinda sizga pulingiz bir necha marta avtomatik qaytarilgan boʻlsa, soʻrovingiz qoʻlda koʻrib chiqish uchun Yordam jamoasiga yuborilishi mumkin.
2. eSIM'ni doʻstingizga ulashing
Agar eSIM'ni hali o‘rnatmagan boʻlsangiz, uni boshqa shaxsga ulashishingiz mumkin. Buning uchun xariddan keyin ilovada oladigan oʻrnatish QR kodini shu shaxsga yuboring. Agar eSIM hali oʻrnatilmagan boʻlsa, uni mos keladigan istalgan qurilmaga oʻtkazish mumkin.
QR kodni qanday ulashiladi:
- eSIM xarid qilganingizdan keyin QR kodni topish uchun ilovaga kiring va “eSIM kartalarim” ruknini oching.
- “Oʻratish yoki ulashish” tugmasini bosib, keyingi ekranda “Ulashish va boshqalar” bandini tanlang. Shundan keyin QR kod ekranda paydo boʻladi.
- “eSIM'ni ulashish” tugmasini bosib, ushbu QR kodni oʻzingizga qulay kanal orqali yuborishingiz mumkin (masalan, email, xabar almashish xizmati orqali yoki qurilmangizdagi “Tezkor ulashuv” funksiyasi orqali). Shuningdek, doʻstingiz skanerlashi uchun uni chop etishingiz yoki boshqa qurilmada koʻrsatishingiz ham mumkin.
3. Yordam xizmatiga murojaat qiling
Agar pulni qaytarish tugmasi mavjud boʻlmasa yoki sizga qoʻshimcha yordam kerak bo‘lsa, yordam xizmatimizga murojaat qiling.
Buning uchun ilova ichidagi toʻq sariq chat belgisini bosing, keyin “Airalo ilovasida chat” yoki “WhatsAppda chat” variantlaridan birini tanlang. Masalani tezroq koʻrib chiqishimizga yordam berish uchun eSIM'ni oʻrnatish yoki ishlatishga urinishdan oldin biz bilan bog‘laning.
Agar sizda qoʻshimcha savollar boʻlsa yoki yana yordam kerak boʻlsa, yordam xizmatiga murojaat qiling – biz har doim mamnuniyat bilan yordam beramiz.

