Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

Nega iPone qurilmasida holat panelida 5G chiqmayapti?

Qurilma* va eSIM kartangiz 5G tarmoqni dastaklashi tasdiqlanganidan keyin, siz ancha yuqori internet tezligi bilan ulanishingiz mumkin. Agar iPhone qurilmangizning holat panelida 5G koʻrinmasa, quyidagi amallarni bajaring:

  1. 5G qamroviga kiruvchi hududda ekaningizga ishonch hosil qiling.
  2. Sozlamalar > Cellular/Mobile > afzal SIM-kartaga bosing > Cellular/Mobile Data Options rukniga oʻting. Agar Voice & Data ruknida 5G On boʻlsa, qurilmangizda 5G faollashgan boʻladi. Agar 5G mavjud boʻlmasa, unda bu eSIM karta 5G tarmoqni dastaklamaydi.
  3. Agar qurilmangizda 5G faollashgan boʻlsa, 5G tarmogʻiga qayta ulanish uchun Airplane Mode rejimini yoqib, keyin oʻchiring.

Agar shundan keyin ham 5G tarmoqqa ulana olmasangiz, koʻmak olish uchun yordam kanallarimizga murojaat qiling.

*faqat iPhone 12 yoki undan keyingi modellar 5G uyali yoki mobil tarmoqlari bilan ishlaydi.

*Faqat 5G tarmoq qamroviga kiruvchi hududda 5G tarmoqqa ulanish mumkin. Signal juda kuchsiz boʻlsa, tezlik pasayishi yoki qurilma 4G yoki LTE aloqasiga almashishi mumkin.