Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

eSIM trafigi sarfini qanday optimallashtirish mumkin

Trafik sarfi butunlay qurilmangiz sozlamalari va ishlatish odatlaringizga bogʻliq.

Agar eSIM trafigi juda tez sarflanayotgan boʻlsa, bu qoʻllanma qurilmangizda trafik sarfini optimallashtirishga yordam berishi mumkin.

Trafik sarfi qanday tekshiriladi

Qurilmangizda qaysi ilovalar trafikni eng koʻp ishlatayotganini tekshirishingiz mumkin, bu odatda qurilma sozlamalaridan tekshiriladi.

iOS qurilmalarda trafik sarfi qanday tekshiriladi va cheklanadi

iOS qurilmalarda trafik sarfini tekshirishingiz, shuningdek, sozlamalar orqali muayyan ilovalar uchun trafik sarfini faolsizlashtirishingiz mumkin.

  1. Settings > Cellular rukniga kiring.
  2. Faol eSIM uchun “Cellular Data for…” deb nomlangan ruknga tushing.
  3. Qaysi ilovalar koʻp trafik ishlatayotganini tekshiring.
  4. Zaruratga qarab, ilovalar uchun trafikni faolsizlantiring.

Samsung qurilmalarida trafik sarfi qanday tekshiriladi

Samsung qurilmalarida sozlamalardan trafik sarfini tekshirish mumkin.

  1. Sozlamalar > Ulanishlar > Trafik sarfi rukniga kiring.
  2. Tegishli eSIM'ni toping va Mobil internet sarfi bandini bosing

Android qurilmalarda trafik sarfi qanday tekshiriladi

Android qurilmalarda sozlamalardan trafik sarfini tekshirishingiz mumkin.

  1. SOZLAMALAR rukniga kiring va TARMOQ VA INTERNET bandini bosing.
  2. SIM kartalar tugmasini bosing va faol eSIM'ni tanlang.
  3. ILOVALAR TRAFIK SARFI bandi chiqqunicha pastga tushing va shu band ustiga bosing.

Qurilmangiz modeliga qarab, bajariladigan qadamlar farq qilishi mumkin.

Trafik sarfini qanday kamaytirish mumkin

Quyidagi harakatlar trafikni tejash va eSIM'ni uzoqroqqa yetkazishga yordam beradi.

  • Qurilmangizni ishlatmayotgan vaqtingiz internetni faolsizlantiring. Faqat internetdan foydalanishingiz zarur boʻlganda mobil internetni yoqing. Boshqa vaqtlarda mobil internetni faolsizlantirish fondagi keraksiz trafik sarfining oldini oladi.
  • Hotspot orqali trafik ulashishdan saqlaning. Hotspot orqali trafik ulashilganda mobil internet rejasidagi trafik ishlatiladi. Aloqangizni ulashgan boʻlsangiz, bu koʻp trafik sarflanishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
  • Katta trafik talab qiluvchi harakatlarni cheklang. Mobil internet orqali videotranslatsiyalar, taqdimotlar yoki hujjatlarni chop etish rejangizdagi trafikni tezda tugatib qoʻyishi mumkin. Mumkin boʻlgan har qanday holatda bunday harakatlar uchun Wi-Fi tarmoqlardan foydalaning.
  • Trafikni siqish imkoniyatiga ega brauzerdan foydalaning. Google Chrome va Opera Mini kabi brauzerlar kontentni telefonga yuborishdan oldin siqa oladi, bu esa trafik sarfini mos ravishda 50% va 90% gacha kamaytiradi.
  • Kontentni yuklab oling. Google Maps, Netflix yoki YouTube kabi ilovalar uchun xaritalar, filmlar yoki musiqani Wi-Fi tarmoqqa ulangan vaqtda yuklab oling. Shunda ularga mobil internetdan foydalanmasdan oflayn tarzda kirishingiz mumkin boʻladi.
  • Hisob sinxronizatsiyasini faolsizlantiring. Google yoki Facebook kabi ilovalar uchun hisobni avtomatik sinxronlash trafikni behuda sarflashi mumkin. Muntazam sinxronlashingiz shart boʻlmagan ilovalar uchun ushbu xususiyatni faolsizlantiring.

iSO qurilmalarda trafik sarfini qanday kamaytirish mumkin

  • Wi-Fi Assist xususiyatini faolsizlantiring. Bu xususiyat Wi-Fi aloqasi zaif boʻlganda avtomatik tarzda mobil internetga almashadi. Bu qulay boʻlsa-da, kutilmagan trafik sarfiga sabab boʻlishi mumkin. Uni faolsizlantirish uchun:
    • Settings > Cellular (yoki Mobile Data rukniga kiring).
    • Varaqlab pastga tushing va Wi-Fi Assist parametrini yoqing.
  • Avtomatik ilova yangilanishlarini faolsizlantiring. Ilova va tizim yangilanishlari uchun katta miqdorda trafik sarflanishi mumkin. Qurilmangizni yangilanishlarni faqat Wi-Fi orqali yuklab oladigan qilib sozlang.
    • Settings > Apps > App Store rukniga kiring va avtomatik yuklab olish uchun Cellular Data opsiyasini faolsizlantiring.
  • iCloud Drive sozlamalarini oʻzgartiring. Agar iCloud Drive mobil internetdan foydalanadigan qilib sozlangan boʻlsa, u fayllarni sinxronlash uchun katta miqdorda trafik ishlatadi. Uni faolsizlantiring:
    • Settings > Cellular (yoki Mobile Data rukniga kiring).
    • Varaqlab pastga tushing va iCloud Drive opsiyasini faolsizlantiring.
  • Rasmlarni sinxronlovchi ilovalar uchun mobil internetni faolsizlantiring. iCloud Photos yoki Google Photos kabi ilovalar rasmlar va videolarni avtomatik sinxronlashi mumkin, bu esa katta miqdorda trafikni talab qiladi. Ushbu ilovalar uchun trafik sarfini faolsizlantiring:
    • Settings > Apps rukniga kiring.
    • Tegishli ilova belgisiga (masalan, iCloud yoki Photos) tegining.
    • Shu ilova uchun Mobile Data (Mobil internet) opsiyasini faolsizlantiring.

Android qurilmalarda trafik sarfini qanday kamaytirish mumkin

  • Fonda internetdan foydalanish imkoniyatini faolsizlantiring. Koʻplab ilovalar bildirishnomalar yuborish, yangilanishlarni olish yoki axborotni sinxronlash uchun fonda internetdan foydalanishda davom etadi. Buni faolsizlantirish ancha trafikni tejaydi.
  • Avtomatik ilova yangilanishlarini faolsizlantiring. Xuddi iOS qurilmadagi kabi, avtomatik ilova yangilanishlari uchun katta miqdorda mobil internet ishlatiladi.
    • Google Play Market ilovasini oching.
    • Sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Ilovalarni avtomatik yangilash rukniga kiring.
    • Faqat Wi-Fi orqali variantini tanlang.
  • Trafik sarfi limitini sozlang. Android tizimi trafik limitini belgilash imkonini beradi. Trafik sarfi shu limitga yetganda, mobil internet avtomatik faolsizlantiriladi, shundan keyin toʻlov olinmaydi.
    • Sozlamalar > Trafik sarfi ruknida trafik sarfi ogohlantirishi va trafik limitini sozlashingiz mumkin.

Bu maslahatlar trafik sarfini yaxshiroq boshqarishga yordam beradi degan umiddamiz. Yana qoʻshimcha yordam zarar boʻlsa, yordam xizmati jamoasi doim shay. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va mamnuniyat bilan yordam beramiz.