iOS qurilmada eSIM orqali ulana olmayapman

Agar Airalo eSIM'ni oʻrnatgandan keyin internetga ulana olmasangiz, Airalo ilovasidagi Ulanish uchun koʻrsatmalarni bajarganingizga ishonch hosil qiling.

Ulanish uchun koʻrsatmalarni qayerdan topish mumkin?

Ularni Airalo ilovasidan topishingiz mumkin:

  • eSIM kartalaim > eSIM > eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi rukniga kiring
  • Yoki eSIM kartalarim > eSIM > Oʻrnatosh koʻrsatmalari > Qism 2/2 rukniga kiring

1-qadam: Internet uchun eSIM'ni yoqing

  1. Settings ruknini oching
  2. Cellular (yoki Mobile Data) bandini bosing
  3. eSIM kartangizni tanlang
  4. Agar yoqilmagan boʻlsa, Turn On This Line parametrini yoqing
  5. Cellular/Mobile Data rukniga qayting va internet liniyasi sifatida Airalo eSIM'ni tanlang

2-qadam: Dastaklanuvchi tarmoqqa ulaning

  1. Settings > Cellular (yoki Mobile Data) ruknini oching
  2. eSIM kartangizni tanlang
  3. Network Selection tugmasini bosing
  4. Automatic parametrini faolsizlantiring (OFF)
  5. Airalo ilovasida ulanish uchun koʻrsatmalarda koʻrsatilgan tarmoqni tanlang

3-qadam: APN sozlamalarini yangilang (agar talab etilsa)

  1. Settings > Cellular (yoki Mobile Data) ruknini oching
  2. eSIM kartangizni tanlang
  3. Cellular Data Network (yoki Mobile Data Network) bandini bosing
  4. APN'ni aynan Airalo ilovasida koʻrsatilgani kabi kiriting
  5. Boshqa maydonlarni boʻsh qoldiring
  6. Agar APN avtomatik sozlangan boʻlsa, hech qanday oʻzgartirish kiritish kerak emas

4-qadam: Internet-roumingni yoqing (agar talab etilsa)

  1. Settings > Cellular (yoki Mobile Data) ruknini oching
  2. eSIM kartangizni tanlang
  3. Airalo ilovasidagi koʻrsatmaga asosan, internet-roumingni (Data Roaming) yoqing yoki faolsizlantiring

Ushbu qadamlar bajarilgandan keyin Airalo eSIM internetga ulanishi kerak. Shunda ham muammoga duch kelsangiz, yordam xizmatimizga murojaat qiling – biz 24/7 rejimida ishlaymiz va mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x