Nega iOS qurilmada “eSIM faollashtirilmadi” xatosi chiqyapti?

iPone qurilmasida eSIM'ni sozlashda quyidagi (yoki shunga oʻxshash) xabarni koʻrishingiz mumkin:

"Unable to Activate eSIM. You can try again, or contact your carrier for assistance."

Bu bir nechta sababga koʻra yuz berishi mumkin, ularning ayrimlarini tuzatish oson, ayrimlari uchun esa sozlamalarni tekshirish talab qilinadi.

eSIM oʻrnatilganini tekshiring

Hatto xato chiqsa ham, eSIM qurilmada allaqachon oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. 

eSIM oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganini quyidagicha tekshirish mumkin:

1. Settings ruknini oching.
2. Cellular yoki Mobile Data bandini bosing.
3. Cellular Data tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang.
4. Cellular rukniga kirib, eSIM'ni tanlang – u Shaxsiy, Sayohat yoki Ikkilamchi deb nomlangan boʻlishi mumkin.
5. Turn On This Line sozlamasi yoniq ekaniga ishonch hosil qiling.
6. Zarur boʻlsa, Data Roaming oʻchiq ekaniga ishonch hosil qiling.

Agar eSIM'ni topsangiz va ushbu sozlamalar toʻgʻri boʻlsa, hammasi tayyor! eSIM tegishli manzilga yetib borganingizda ulanadi.

Qurilmangiz internetga ulanganiga ishonch hosil qiling

Agar eSIM oʻrnatilganini tasdiqlay olmasangiz va hali ham xato haqida xabar chiqayotgan boʻlsa, telefoningiz internetga ulanganiga ishonch hosil qiling, chunki eSIM'ni tasdiqlash va faollashtirish uchun barqaror internet talab qilinadi.

Qurilmangiz internetga ulangach, eSIM'ni oʻrnatishga yana urining. 

Qurilmangizni qayta ishga tushiring

Shunchaki qurilmani qayta ishga tushirish koʻpincha faollashtirish jarayoniga toʻsqinlik qilayotgan kichik tizim nosozliklarini bartaraf etadi.

Qurilmani qayta ishga tushiring, keyin sozlamalarda eSIM paydo bo‘lgan yoki boʻlmaganini tekshiring.

Qurilmani yangilang

Eski iOS versiyalari ayrim hollarda eSIM'ni faollashtirishga oid moslik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Dasturiy taʼminotni eng oxirgi versiyaga yangilab turing tizimning toʻgʻri ishlashi va eSIM'larni boshqarishga yordam beradi.

Yangilashdan oldin, har ehtimolga qarshi, iCloud yoki kompyuter yordamida iPohe qurilmangizni zaxiralash tavsiya etiladi.

1. Settings > General > Software Update rukniga kiring.
2. Mavjud yangilanishlarni yuklab oling va oʻrnating.
3. Qurilmani qayta ishga tushirgach, qaytadan eSIM'ni oʻrnatish va faollashtirishga urining.

iPhone qurilmangiz operatorga bogʻlanmaganini tekshirng

Telefoningiz operator yoki tarmoqqa bogʻlangan boʻlsa, u boshqa provayderlarning eSIM'larini faollashtirishga yoʻl qoʻymasligi mumkin.

1. Settings > General > About rukniga kiring.
2. Carrier Lock rukniga kiring.
3. “No SIM restrictions” degan yozuv borligini tekshiring. 

Agar “No SIM restrictions” degan yozuv boʻlmasa, yordam olish uchun birlamchi mobil aloqa operatoringizga murojaat qilishingiz kerak.

VPN yoki qurilma profillarini faolsizlantiring

VPN yoki mobil qurilmani boshqarish (MDM) profillari eSIM oʻrnatishga xalaqit berishi mumkin, oʻrnatishni amalga oshirish uchun VPN ilovalarini faolsizlantiring.

Settings > General > VPN & Device Management rukniga kirib, sizga notanish yoki kerak boʻlmagan profillarni olib tashlang.

Agar yuqoridagi harakatlarni bajarganingizdan keyin ham muammo bartaraf boʻlmasa, yordam xizmatimiz yordam berishga tayyor. Biz 24/7 rejimida ishlaymiz va doim yordamga shaymiz.

Aloqador savollar

Boshqa mavzular

Airalo © 2021
  • x