Airalo

Airalo bosh sahifasiga yoʻnaltiradi.

Aloqador maqolalar

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani bevosita oʻrnatish jarayoni qanday?

Ayrim Samsung qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi. Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:

  • eSIM dastaklaydi
  • Operatorga bogʻlanmagan
  • Barqaror internet aloqasiga ega

Airalo ilovasida eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?

Quyidagi qadamlar orqali eSIM oʻrnatishga oid barcha koʻrsatmalarni topishingiz mumkin.

  1. Airalo ilovasini oching.
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang.
  3. “eSIM ishlatishga tayyormisiz?” rukniga kiring.
  4. Oʻrnatish yoki ulashish bandini tanlang.

Bevosita oʻrnatish uchun Oʻrnatishni boshlash tugmasini bosing va koʻrsatmalarga amal qilgan holda eSIM'ni oʻrnating.

Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?

Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.

Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.

Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?

Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.

Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.

Samsung Galaxy qurilmasida eSIM qanday qilib bevosita oʻrnatiladi?

  1. Airalo ilovasini oching
  2. eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang
  3. Tafsilotlar bandini bosing
  4. eSIM qanday oʻrnatiladi (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari) tugmasini bosing
  5. Bevosita tugmasini bosing
  6. eSIM oʻrnatish tugmasini bosing
  7. Ruxsat tugmasini bosing
  8. eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
  9. eSIM kartangizni sozlashni yakunlash uchun koʻrsatilgan qoʻshimcha amallarni bajaring.

Oʻrnatish yakunlangach, eSIM oʻrnatilganini tasdiqlovchi xabarni koʻrasiz.

Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?

Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:

  • eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM ishlatishga tayyormisiz? > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
  • YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2

Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?

  1. Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
  2. SIM-karta menejeri tugmasini bosing
  3. Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
  4. Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)
  5. Zarur boʻlsa, APN sozlamalarini yangilang (eSIM ulash koʻrsatmalaridan ham topish mumkin)

eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak.

Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Boshqa usulda oʻrnatishni xohlaysizmi? Quyidagi usullarda ham oʻrnatishingiz mumkin:

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday? 

Samsung Galaxy qurilmasida Airalo eSIM kartani qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?