UMUMIY SHARTLAR VA QOIDALAR
Kuchga kirish sanasi: 2024-yil, 3-iyun
1. UMUMIY SHARTLAR VA QOIDALARNING AMAL QILISHI
Quyidagi Shartlar va qoidalar oldindan toʻlanadigan eSIM savdosiga nisbatan AIRGSM PTE. LTD. (keyingi oʻrinlarda “Airalo” deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatiladigan barcha xizmatlar uchun tatbiq etiladi. Quyidagi Shartlar va qoidalar ushbu veb-saytda keltirilgan: website https://www.airalo.com. Airalo faqat aniq yozma kelishuv asosida muqobil qoidalarni qabul qilishi mumkin. Bu boʻlimda Airalo xizmatlari, platformalari va ilovalari bilan munosabatga kirishuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning turli turkumlari tavsiflangan. Bu rollarni tushunish ushbu Shartlar va qoidalarda (T&C) tasvirlangan huquqlar, majburiyatlar va sharoitlarni talqin qilishda nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
Bu hujjatda ishlatilgan “Mijoz” atamasi Airalo bilan munosabatga kirishuvchi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs, jumladan, ishlatish kontekstiga qarab, Yakuniy foydalanuvchilar, Biznes-foydalanuvchilar va Yakuniy mijozlarni anglatadi. Bu keng taʼrif bizning Shartlar va qoidalarimizning xizmatlarimiz bilan barcha oʻzaro munosabatlarni qamrab olishini, shuningdek, barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini aniq va har tomonlama tushunishni taʼminlaydi.
2. XIZMATLAR TAVSIFI
2.1. eSIM SAVDOSI
Airalo haqi oldindan toʻlanuvchi eSIM kartalarni sotadi. Mijoz Airalo veb-sayti (https://www.airalo.com) va/yoki Airalo ilovasida registratsiya qiladi va eSIM sotib oladi.
2.2. AIRALO XIZMATLARIDAN FOYDALANISH UCHUN REGISTRATSIYA
Barcha mijozlar, jumladan, 1-boʻlimda taʼriflangan Yakuniy foydalanuvchilar, Biznes-foydalanuvchilar, Yakuniy mijozlar va Ishga daʼvogarlar Airalo xizmatlaridan foydalanish uchun Umumiy shartlar va qoidalarni qabul qilishi lozim. Registratsiya jarayoni davomida quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi kerak:
Airalo xizmatlari vositachilar (masalan, mehmonxona yoki sayyohlik agentliklari) orqali taqdim etiladigan holatlarda vositachi Mijoz nomidan zaruriy registratsiya maʼlumotlarini taqdim etishi mumkin.
Rivojlanib borayotgan xizmat talablariga moslashish va foydalanuvchi taassurotini yaxshilash uchun Airalo zarur deb hisoblangan hollarda barcha turkumdagi mijozlardan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bunday qoʻshimcha maʼlumotlarni olish ushbu Shartlar va qoidalarga oʻzgartirishlar kiritmasdan, maxfiylikni hurmat qiladigan va maʼlumotlar himoyasiga oid qonunlarga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Mijozlar bunday qoʻshimcha maʼlumotlarning olinishi haqida standart aloqa kanallari orqali tegishlicha xabardor qilinadi.
2.3. AIRALO MAJBURIYATLARI
Airalo Mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun oqilona tarzda harakat qiladi. Biroq Airalo bu xizmatning uzilishlarsiz, oʻz vaqtida, xavfsiz va xatoliklardan xoli taqdim etilishini kafolatlamaydi.
2.4. MIJOZ MAJBURIYATLARI
Airaloz tomonidan taqdim etiladigan Jihoz yoki Xizmatlardan foydalanishda Mijoz haqoratomuz, noqonuniy yoki firibgarlik bilan bogʻliq; Tarmoqning buzilishi yoki zararlanishiga sabab boʻluvchi hech bir harakatni amalga oshirmasligi lozim. Mijoz 2.4-boʻlimdagi majburiyatlarini buzsa, Airalo Mijozning bu Xizmatdan foydalanishini toʻxtatadi. Bunday toʻxtatish davri mobaynida Mijoz toʻxtatilgan Xizmatlar uchun ushbu Kelishuv asosida toʻlanishi kerak boʻlgan Toʻlovlarni amalga oshirishda davom etadi.
2.5. QURILMA MOSLIGI
Mijoz oʻz qurilmasining eSIM kartani dastaklashi va operatorga bogʻlanmaganini taʼminlash uchun masʼuldir. Qurilma mosligi operator va kelib chiqish mamlakatiga bogʻliqdir; Mijoz hisob-kitob vaqtida taqdim etiladigan eSIM dastaklanadigan qurilmalar roʻyxatini koʻrib chiqishi lozim. Mijozning qurilmasi eSIM kartani dastaklashini tasdiqlovchi katakka tasdiq belgisini qoʻyish orqali Mijoz oʻzi taqdim qiladigan maʼlumotning toʻgʻriligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Ushbu eSIM dastaklanadigan qurilmalar roʻyxati toʻliq emasdir, yaʼni yangi eSIM dastaklanadigan qurilmalar bu roʻyxatga kiritilishi kerak boʻlishi mumkin.
3. SHARTNOMANING BOSHLANISHI, DAVOMIYLIGI VA TUGATILISHI
Airalo va Mijoz oʻrtasidagi xizmat buyurtma shartnomasi Airalo veb-sayti (https://www.airalo.com, jumladan, Airalo bilan aloqador ichki domenlar), Airalo ilovasi, bizga tegishli API, Hamkorlik platformasi yoki Airalo tomonidan taqdim etiladigan mijozlarga buyurtma rasmiylashtirish imkonini beruvchi boshqa mahsulot orqali rasmiylashtirilganidan keyin boshlanadi.
eSIM kartani faollashtirish va Faollashtirish siyosatini qabul qilish Mijozning majburiyatidir.
Agar Yakuniy foydalanuvchilar faol internet paketiga ega boʻlmasa yoki tegishli qurilmadan eSIM kartani oʻchirsa, ular uchun shartnoma tugatiladi. Biroq Biznes-foydalanuvchilar uchun shartnomaning tugatilishi Biznes-foydalanuvchi va Airalo oʻrtasida imzolangan muayyan kelishuv shartlari yoki uning Hamkorlik platformasidagi faollik holatiga bogʻliq. Bu kabi kelishuvlar yoki platformada faol ishtirokka ega Biznes-foydalanuvchilar uchun bu shartnoma hatto faol internet paketi yoʻq yoki eSIM qurilmadan oʻchirib tashlangan boʻlsa ham oʻz kuchida qoladi, bu esa Airalo va Biznes-foydalanuvchi orasidagi hamkorlik hamda majburiyatlarning davom etayotganini ifodalaydi.
4. TOʻLOVLAR VA TOʻLASH
4.1. TOʻLOV SHARTLARI
Airalo oʻz xizmatlari uchun turli toʻlov usullarini, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, kredit/debet karta, PayPal, Google Pay, Apple Pay va Alipay orqali toʻlash imkoniyatini taklif qiladi.
Toʻlov valyutasi AQSH dollaridir ($), lekin boshqa turli valyutalar ham ishlatilishi mumkin; toʻlov valyutasi tranzaksiya vaqtida belgilanadi.
Kredit karta tranzaksiyasi Airalo tasdiqlagan toʻlov xizmati provayderlari, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, PayPal (https://paypal.com/) va Stripe (https://stripe.com/) hamda har bir tranzaksiya uchun Airalo tanlaydigan qoʻshimcha provayderlar tomonidan qayta ishlanadi va himoyalanadi.
4.1.1. Yakuniy foydalanuvchilar uchun avtomatik yangilash
Mavjud toʻlov variantlaridan tashqari, Airalo qoʻlda yangilash zaruratisiz xizmatlarimizga uzluksiz kirish imkoniyatini taklif qiladi. Bu model uzluksiz xizmat va qulaylik xohlovchi Yakuniy foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.
Avtomatik toʻlovlar: Bu modelga koʻra, har safar billing davri boshida Yakuniy foydalanuvchining mavjud trafik muayyan chegaradan pasaysa, yangilash toʻlovlari ushbu foydalanuvchining afzal toʻlov usulidan avtomatik tarzda olinadi.
Bekor qilish siyosati: Yakuniy foydalanuvchilar istalgan vaqtda avtomatik yangilashni bekor qilishi mumkin. Bekor qilish joriy billing davri oxirida kuchga kiradi, bu foydalanuvchilarga joriy davr tugaguncha xizmatdan foydalanishni davom ettirish imkonini beradi. Bekor qilish uchun foydalanuvchilar bevosita oʻz Airalo hisobidagi sozlamalarni oʻzgartirishi yoki yordam olish maqsadida yordam xizmati jamoasiga murojaat qilishi mumkin.
4.2. FOYDALANISH UCHUN TOʻLOVLAR
4.2.1. Agar boshqacha holat koʻrsatilmagan boʻlsa, Airalo barcha toʻlovlar QQS ni oʻz ichiga olishini maʼlum qiladi. Agar boshqacha qoida koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha eSIM narxlar va Biznes-foydalanuvchilar tomonidan Airalo platformasida qilingan eSIM xaridlari uchun toʻlovlar tegishli soliqlarni oʻz ichiga olmaydi. Biznes-foydalanuvchilar Airalo eSIM kartasini xarid qilganida oʻz xaridi bilan bogʻliq barcha soliqlarni aniqlash va qoplash uchun masʼuldir.
4.2.2. Mijoz oʻz daʼvolarini Airaloʼga qarshi daʼvolar hisobiga qoplash huquqiga ega emas; Mijoz daʼvolar bahslashilmaydigan yoki yakuniy sud hukmi bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
4.2.3. Invoys taqdim qilish
Airalo kreditlari yordamida Hamkorlik platformasida eSIM, hisobni toʻldirish paketlari hamda boshqa Airalo mahsulot va xizmatlarini sotib olish mumkin va Airalo Biznes-foydalanuvchilarga bunday kreditlardan foydalanganlik uchun hisob taqdim etishga tizimli yondashuvni tatbiq qiladi. Bu jarayon Airalo va Biznes-foydalanuvchilar oʻrtasidagi moliyaviy tranzaksiyalarda aniqlik va hisobdorlikni taʼminlashga moʻljallangan.
Airalo sogʻlom biznes munosabati va xizmat koʻrsatishning uzluksizlikni taʼminlash uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirishning ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. Agar billing tafovutlari yoki toʻlovga oid qiyinchiliklar yuzaga kelsa, oʻzaro kelishuvga asoslangan yechimni topish uchun Biznes-foydalanuvchilardan darhol yordam xizmati jamoasiga murojaat qilishni soʻraymiz.
4.2.4. Biznes-foydalanuvchilar uchun oldindan toʻlovli tranzaksiyalar
Biznes-foydalanuvchilar Airalo kreditlarini xarid qilishga qaratilgan Airalo platformasida noyob tranzaksiya jarayonida ishtirok etadi. Bu kreditlar platformada valyuta sifati xizmat qiladi hamda Biznes-foydalanuvchilarga oʻzlarining operatsion ehtiyojlariga mos eSIM kartalar va hisobni toʻldirish xizmatlarini sotib olish imkonini beradi. Shuningdek, Biznes-foydalanuvchilar Hamkorlik platformasida amalga oshiriladigan xaridlar uchun kredit yoki debet kartalaridan foydalanishni tanlashi ham mumkin.
Airalo kreditlarini xarid qilish va ishlatish haqida batafsil maʼlumot olish yoki biznesingiz uchun eng mos toʻlov usullari bilan tanishish uchun Biznes-foydalanuvchilarga Airalo Hamkorlik portaliga kirish yoki yordam xizmati jamoasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
4.2.5. Biznes-foydalanuvchilar uchun toʻlovi keyin toʻlanadigan tranzaksiyalar
Keyin toʻlanadigan tranzaksiyalar Biznes-foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan toʻlov modelini ifodalaydi va eSIM hamda hisobni toʻldirish paketlarini toʻlovni amalga oshirishdan avval olish imkonini taqdim qiladi. Bu yondashuv aloqa yechimlarini boshqarishda operatsion moslashuvchanlik va samaradorlikni taʼminlashga intilayotgan kompaniyalarning ehtiyojlariga mos keladi.
Keyin toʻlanadigan tranzaksiya Biznes-foydalanuvchilarga eSIM, hisobni toʻldirish paketlari hamda boshqa Airalo mahsulot va xizmatlarini toʻlovni keyinchalik amalga oshirish majburiyati bilan sotib olish imkonini beradi. Bu toʻlov tartibi xususiyatlari, jumladan, toʻlov muddati va toʻlov shartlari Airalo tomonidan taqdim etilgan invoysda aniq koʻrsatiladi. Bu usul toʻlov moslashuvchanligini taʼminlash bilan bir qatorda, zarur xizmatlardan darhol foydalanishga yordam beradi.
Keyin toʻlanadigan tranzaksiyalarni taklif qilish orqali Airalo Biznes-foydalanuvchilarga yuqori darajali moslashuvchanlikni taqdim etadi va ishonch bildiradi, bu foydalanuvchilarga toʻlovlarni oʻz moliyaviy jarayonlariga mos tarzda boshqarish bilan bir qatorda, oʻzlarining operatsion talablariga ustuvorlik berish imkonini taqdim etadi.
5. YETKAZISH
Yakuniy foydalanuvchilar xarid qilgan eSIM karta Airalo veb-sayti (https://www.airalo.com) va/yoki Airalo ilovasidagi “eSIM kartalarim” ruknida koʻrinadi. Mijozga xariddan keyin tasdiq emaili yuboriladi. Foydalanuvchi eSIM oʻrnatishga oid barcha maʼlumotlarni faqat oʻzining Airalo hisobidan topishi mumkin.
Biznes-foydalanuvchilarning eSIM kartalari Hamkorlik platformasida namoyish etiladi, bu kompaniyaning unikal talablariga moslangan eSIM va hisobni toʻldirish paketlarini boshqarish hamda joylashtirishni osonlashtiradi.
Mijozlar ehtiyojlarining xilma-xilligini tan olgan holda, tanlangan integratsiya va foydalaniladigan maxsus mahsulot hamda xizmatlarga qarab, Airalo mahsulot va xizmatlarini turli usullar orqali taqdim etadi.
6. PULNI QAYTARISH / BEKOR QILISH / SIYOSATNI OʻZGARTIRISH
Agar Airaloʼning texnik muammosi sababli eSIM kartani oʻrnatib yoki ishlatib boʻlmasa, Mijoz eSIM uchun qilingan toʻlov pulini qaytarish yoki eSIM kartani almashtirishni soʻrash huquqiga ega.
6.1. PULNI QAYTARISH VA BEKOR QILISH
6.1.1. QOIDALAR VA KOʻRSATMALAR
6.1.2. Agar hamkorlikdagi keng qamrovli nosozliklarni aniqlash harakatlaridan keyin eSIM kartani faollashtirish imkonsiz boʻlsa, xarid qilingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun ichida pulni qaytarish soʻrovini yuborish mumkin.
6.1.12. RAQAMLI VALYUTALARDAN FOYDALANISH (AIRMONEY VA KREDITLAR)
Airmoney va kreditlar – bu Mijozlar Airalo platformalarida eSIM va tegishli xizmatlarni xarid qilish uchun ishlatishi mumkin boʻlgan raqamli valyutalardir.
Bu boʻlimda Airalo raqamli valyutalari – Yakuniy foydalanuvchilar uchun Airmoney va Biznes-foydalanuvchilar uchun Airalo kreditlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar va mexanizmlar bayon etilgan hamda ularning Airalo ekotizimida qoʻllanilishi, afzalliklari va cheklovlari aniqlashtirilgan.
6.1.13. PULNI QAYTARISH JARAYONI
Pulni qaytarishni talab qilish uchun Biz bilan aloqa sahifasi yoki [email protected] email manziliga yozish orqali Airalo yordam xizmatiga murojaat qiling. Yodda tuting, yuqoridagi pulni qaytarish siyosati tatbiq etiladi.
Muammo tabiatiga qarab, Mijozlardan qaytarma soʻrovi yuzasidan yordam berishi uchun qoʻshimcha maʼlumot, jumladan, texnik muammolar uchun qurilma sozlamalari skrinshotlari yoki nega invoysda koʻrsatilgan summa xato ekani haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, agar imkoni boʻlsa, Mijoz oʻzi qancha toʻlashi kerak deb hisoblashi va shu kabi boshqa maʼlumotlar soʻraladi.
Texnik muammolarga oid qaytarmalar uchun ushbu hujjatning 6.1.2-boʻlimiga qarang. Mijozlar pulni dastlabki toʻlov usuli orqali qaytarib olish yoki oʻz hisobiga Airmoney sifatida oʻtkazish imkoniga ega. (Airmoney xaridlari uchun 6.1.12.1.6-boʻlimga qarang) Pulni dastlabki toʻlov usuliga qaytarish: Qaytarma tasdiqlangani va taqdim etilganidan keyin, bankka qarab, uning koʻchirmada koʻrinishi uchun oʻttiz (30) ish kunigacha vaqt ketishi mumkin. Airmoney: Qayta ishlangach, Airmoney Mijozning hisobiga oʻtkaziladi.
Airalo xizmatlarini qayta sotuvchilar orqali xarid qilgan Yakuniy mijozlar qilingan toʻlovni bevosita Airaloʼdan olish huquqiga ega emas. Bunday foydalanuvchilar pulni qaytarishni Airalo Biznes-foydalanuvchilaridan talab qilishi kerak. Airalo mijozlar ehtiyojini qondirishga intiladi, u lekin bevosita savdo kanallarimizdan tashqarida amalga oshirilgan tranzaksiyalar uchun qayta sotuvchi hamkorlarimiz siyosatiga rioya qilishi kerak.
6.1.13.1. Airalo Biznes-foydalunvchilar bevosita Airalo bilan amalga oshirilgan tranzaksiyalar uchun toʻlovlarni Airalo kreditlari orqali yoki kredit-nota sifatida qayta ishlash mumkin. Bu qaytarmalarni boshqarishning moslashuvchan muqobil usulini taqdim etadi va mijozlarga ushbu kreditlar yoki notalarni Airalo platformasidagi kelsgusi xaridlar yoki xizmatlar uchun ishlatish imkonini beradi.
6.2. OʻZGARTIRISHLAR
Airalo eSIM internet paketlari boricha tamoyili asosida taklif etiladi va xarid qilinganidan keyin alohida soʻrovlar asosida qoʻshimcha oʻzgartirishlar yoki moslashtirishlar amalga oshirilmaydi.
7. JAVOBGARLIK VA KAFOLAT
Airalo taklif etilayotgan xizmat har doim ham mavjud emasligidan kelib chiqadigan zararlar uchun javobgar emas. Airalo tarmoq xizmatining uzluksiz mavjudligiga kafolat bermaydi. Soʻrovlar yuzasida [email protected] email manziliga yozing.
8. eSIM KARTANI QAYTA ISHLASH JARAYONI VA FAOLLASHTIRISH
Airalo optimal xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida eSIM kartani qayta ishlash jarayonini amalga oshiradi. eSIM xarid qilingach, mijozlardan belgilangan muddat ichida shu eSIM kartani faollashtirish talab etiladi, bu muddat xarid jarayoni davomida taqdim etilgan faollashtirish koʻrsatmalarida koʻrsatiladi. Foydalanuvchi xarid qilingan eSIM kartani belgilangan muddat ichida faollashtirishga masʼuldir. Ushbu muddat davomida eSIM kartani faollashtirmaslik uning amal qilish muddati tugashi, bu esa eSIM kartani foydalanishga yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlishi mumkin.
eSIM kartaning amal qilish muddati tugagach, uni qayta faollashtirish imkonsizdir va foydalanuvchi ishlaydigan eSIM olishni xohlasa, yangisini xarid qilishi kerak boʻladi. eSIM kartani muammosiz faollashtirish jarayonini taʼminlash uchun foydalanuvchilarga faollashtirish koʻrsatmalari bilan tanishish va ularga rioya qilish tavsiya etiladi.
9. NARXLAR VA TANITUVLAR
Narxlar Airalo oʻz eSIM paketlari va ularga aloqador xizmatlarini Mijozlarga qanday narx evaziga taklif qilishini bildiradi. Airalo cheklangan muddat davomida oʻz eSIM paketlari uchun tanituv narxlarini taklif qilishi mumkin. Bu tanituvlar maxsus shartlar va qoidalar bilan tartibga solinadi. Tanituv davomiyligi, muvofiqlik mezonlari va boshqa tegishli qoidalar tanituv davri davomida aniq maʼlumot beriladi. Tanituv yakunlangach, agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, odatiy narxlar amal qilishni boshlaydi. Airalo tanituv narxlari, jumladan, unga aloqador shartlar va qoidalarni oʻz xohishiga koʻra hamda oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirish yoki bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Tanituv narxlari haqida batafsil maʼlumot olishni yoki ayrim masalalarni aniqlashtirishni xohlovchi foydalanuvchilar [email protected] email manzili orqali Airalo yordam xizmatiga murojaat qilishi mumkin.
Yakuniy foydalanuvchilar uchun: Veb-saytimizda koʻrsatilgan narxlar aynan Yakuniy foydalanuvchilar uchun amal qiladi. Yakuniy foydalanuvchilarga narxlar va tanituvlar haqidagi eng yangi maʼlumotlar bilan tanishish uchun tez-tez veb-saytimizga kirib turish tavsiya etiladi.
Biznes-foydalanuvchilar uchun: Biznes-foydalanuvchilar oʻzlarining maxsus ehtiyojlariga mos narxlar haqida maʼlumotlarni topish uchun belgilangan platformalar va ularga moʻljallab ishlab chiqilgan mahsulotlarga kirishi kerak. Bu yondashuv Biznes-foydalanuvchilarga moslashtirilgan maʼlumotlarni olish va oʻz operatsion talablari hamda biznes koʻlamiga eng mos narx strategiyalarini tanlash imkoniyatini beradi. Biznes-foydalanuvchilarga qoʻshimcha tafsilot yoki savollar yuzasidan bevosita yordam xizmatiga murojaat qilish ham tavsiya etiladi.
Narxlar va tanituv strategiyalarimiz biz taqdim etadigan xizmatlarning barqarorligi va sifatini ta'minlagan holda foydalanuvchilarga maksimal qiymatni taqdim etishga mo'ljallangan. Narxlar va tanituvlar haqida eng yangi maʼlumotlar bilan tanishish uchun Yakuniy foydalanuvchilar veb-saytimizga kirishi, Biznes-foydalanuvchilar esa bevosita ularga moʻljallangan Airalo platformalariga kirishi yoki yordam xizmatiga murojaat qilishi kerak.
10. FOYDALANUVCHI JOYLASHUVINI KUZATISH
Airalo joylashuvga asoslangan xizmatlarni taklif qilish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida foydalanuvchilarning geografik joylashuviga oid maʼlumotlar, jumladan, GPS koordinatalari, IP manzil, Wi-Fi tarmoqqa ulanish nuqtalari va uyali aloqa minoralari tafsilotlarini toʻplashi va qayta ishlashi mumkin. Airalo xizmatlaridan foydalanish orqali foydalanuvchilar bunday kuzatuvga rozilik beradi. Bundan maqsad joylashuvga xos xizmatlarni taqdim etish, xizmat sifatini yaxshilash va tajribalarni moslashtirishdan iboratdir. Joylashuv axboroti maxfiylikka oid qonunlarga muvofiq maʼlumotlar bilan ishlash majburiyatiga ega tashqi provayderlarga ulashilishi mumkin. Foydalanuvchilar qurilma sozlamalari orqali joylashuv xizmatlarini boshqara oladi, lekin muayyan xususiyatlarda cheklovlarga duch kelishi mumkin. Airalo xavfsizlik choralarini koʻradi, maʼlumotlarni zaruriy muddatlar davomida saqlaydi va maʼlumotlar himoyasiga oid amaldagi qonunlarga rioya qiladi. Oʻzgarishlarni aks ettirish uchun bu boʻlim yangilanishi mumkin va foydalanuvchilar joylashuvni kuzatish amaliyotlariga oid savol va ikkilanishlar yuzasidan [email protected] email manziliga murojaat qilishi mumkin.
BOSHQA QOIDALAR
Bu shartlarning ingliz tilidagi asl versiyasi boshqa tillarga tarjima qilingan boʻlishi mumkin. Bu Shartlarning tarjima qilingan versiyasi faqat xizmat tarjimasidir va Mijozlar tarjima qilingan versiya asosida hech qanday huquqga ega boʻla olmaydi. Bu Shartlarning ingliz tilidagi versiyasi va boshqa har qanday tildagi versiyasi orasida ushbu Shartlar mazmuni yoki talqini boʻyicha nizo kelib chiqsa yoki ular orasida ziddiyat, noaniqlik, nomuvofiqlik yoki tafovut mavjud boʻlsa, ingliz tilidagi versiya qoʻllaniladi va ustun, yakuniy hamda majburiy hisoblanadi. Sud jarayonlarida ingliz tilidagi versiyadan foydalaniladi. Agar bu Shartlardagi biror qoidasi yaroqsiz, ijro etish imkonsiz yoki majburiy emas deb topilsa, ushbu Shartlarda belgilangan boshqa barcha qoidalarga rioya qilish majburiyatingiz saqlanib qoladi. Bunday holatda bu kabi yaroqsiz qoida amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan maksimal darajada ijro etilishi lozim va har bir tomon, ushbu Shartlar kontenti va maqsadini hisobga olgan holda, yaroqsiz, ijro etib boʻlmaydigan yoki majburiy boʻlmagan qoidaning oʻxshash taʼsirlarini qabul qilishga kamida rozilik beradi.
Tavsiya kodingizni doʻstlarga ulashish orqali USD $3.00 miqdorida Airmoney ishlab olishingiz mumkin.