Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:
- Qurilmangiz eSIM kartani dastaklashi va operatorga bogʻlanmagan boʻlishi lozim. (qarang: “Qaysi qurilmalarda eSIM dastaklanadi?“+“Android qurilmamda eSIM dastaklanishini qanday tekshirishim mumkin?")
- Sizda barqaror internet aloqasi mavjud, Wi-Fi tarmoq maqsadga muvofiq. (Qurilmangizga eSIM kartani bexato yuklab olishingiz kerak, bu uchun barqaror internet aloqasi talab etiladi).
eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
- Airalo hisobingizga kiring
- eSIM kartalarim rukniga kiring
- Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
- Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
- Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
- eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
- Afzal oʻrnatish usulini tanlang: bevosita, QR kod orqali yoki qoʻlda
Ulanish sozlamalari uchun xuddi shu eSIM'ni oching va eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2) rukniga qarang.
Android qurilmada eSIM'ni bevosita oʻrnatish jarayoni qanday?
Ayrim Android qurilmalarida Airalo ilovasida eSIM'ni bevosita oʻrnatish usuli dastaklanadi. Agar bu usul mavjud boʻlsa, Bevosita > eSIM oʻrnatish tugmasini bosing va ekrandagi qadamlarni bajaring.
Android qurilmada eSIM'ni QR kod orqali oʻrnatish jarayoni qanday?
- Airalo ilovasida QR kod opsiyasini tanlang (kodni boshqa qurilmaga yuborish yoki chop etishingiz mumkin)
- Qurilmangizda Sozlamalar ruknini oching
- Tarmoq va internet bandini tanlang
- + Mobil tarmoq qoʻshish (yoki eSIM qoʻshish) tugmasini bosing
- “SIM karta yoʻqmi?” deb soʻralganida Keyingisi tugmasini bosing
- QR kodingizni skanerlang va so'ralsa, tasdiqlash kodini qo'shing
- Mobil tarmoq rukniga qayting va eSIM'ni yoqing
- Mobil internetni yoqing
- Internet-roumingni yoqing (xorijda vaqti rouming toʻlovlari olinmasligi uchun asosiy liniyani faolsizlantiring)
- Talab etilsa, Airalo ilovasidagi tafsilotlar yordamida APN'ni (ulanish nuqtasi nomi) sozlang
Android qurilmada eSIM'ni qoʻlda oʻrnatish jarayoni qanday?
- Airalo ilovasida Qoʻlda oʻrnatish opsiyasini tanlang
- SM-DP+ manzili va faollashtirish kodidan (agar mavjud boʻlsa, tasdiqlash kodidan ham) nusxa oling
- Qurilmangizda Settings ruknini oching
- Tarmoq va internet bandini tanlang
- + Mobil tarmoq qoʻshish (yoki eSIM qoʻshish) tugmasini bosing
- “SIM karta yoʻqmi?” deb soʻralganida Keyingisi tugmasini bosing
- Kodni qoʻlda kiritish bandini tanlang, keyin Airalo ilovasidagi SM-DP+ manzili va faollashtirish kodini kiriting
- Mobil tarmoq rukniga qayting va eSIM'ni yoqing
- Mobil internetni yoqing
- Internet-roumingni yoqing (xorijda vaqti rouming toʻlovlari olinmasligi uchun asosiy liniyani faolsizlantiring)
- Talab etilsa, Airalo ilovasidagi tafsilotlar yordamida APN'ni (ulanish nuqtasi nomi) sozlang
Muhim maslahat
eSIM Bevosita, QR kod orqali yoki Qoʻlda oʻrnatilgandan keyin Airalo ilovasida Internetdan foydalanish ruknida Sozlamalar yorliqlarini tanlash orqali sozlashni yanada osonroq tugatishingiz mumkin.
Oʻrnatgandan keyin nima boʻladi?
eSIM oʻrnatilgani va internet uchun tanlanganidan keyin avtomatik tarzda biror dastaklanuvchi tarmoqqa ulanishi kerak.
Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.