Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:
- eSIM'ni dastaklaydi (qarang: Qaysi qurilmalarda eSIM dastakalanadi? yoki iOS qurilmamda eSIM dastaklanishini qanday tekshirishim mumkin?)
- Operatorga bogʻlanmagan
- Barqaror internet aloqasiga ega (Wi-Fi tarmoq boʻlgani afzal)
eSIM oʻrnatishdan oldin qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
- Airalo hisobingizga kiring
- eSIM kartalarim rukniga kiring
- Siz oʻrnatmoqchi boʻlgan eSIM ustiga bosing
- Tafsilotlar bandini bosing
- Oʻrnatish koʻrsatmalarini oching. Ilovangiz versiyasiga qarab, quyidagilarni koʻrishingiz mumkin:
- Oʻrnatish koʻrsatmalari yoki
- eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi
- Bevosita usulini tanlab, eSIM oʻrnatish tugmasini bosing
iOS qurilmada eSIM qanday bevosita oʻrnatiladi
- Qadamma-qadam qoʻllanmaga rioya qilish uchun Next tugmasini bosing
- Continue tugmasini ikki marta bosing
- eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
- Done tugmasini bosing
- eSIM uchun yorliq (masalan, “Airalo”) tanlang
- Birlamchi liniya (Default Line) sahifalarida:
- SMS va chaqiruvlar uchun asosiy liniyani tanlang
- iMessage va FaceTime uchun asosiy liniyani tanlang
- Cellular/Mobile Data (Mobil internet) uchun eSIM'ni tanlang
- ”Allow Cellular Data Switching” parametri OFF (oʻchiq) ekaniga ishonch hosil qiling
*Agar eSIM internetdan tashqari SMS va chaqiruvlarni ham dastaklasa, uni SMS va chaqiruvlar uchun tanlashingiz mumkin.
Bu qadamlarni yakunlagach, eSIM oʻrnatilganini tasdiqlovchi xabar chiqadi.
Mobil internetga qanday ulaniladi
- Settings > Cellular (yoki Settings > Mobile Data) ruknini oching
- eSIM rejangiz ustiga bosing
- Agar yoqilmagan boʻlsa, Turn On This Line parametrini yoqing
- Data Roaming (Internet-rouming) yoqilishi kerak yoki kerak emasligini tekshiring (Airalo ilovasida ushbu boʻlimdagi koʻrsatmalarga qarang:
- eSIM qanday ishlatiladi > Qanday ulaniladi yoki
- Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2)
- Zaruratga qarab, Data Rouming parametrini yoqing (ON) yoki faolsizlantiring (OFF)
- Cellular/Mobile Data rukniga qayting va internet liniyasi sifatida Airalo eSIM'ni tanlang
- eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak.
Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.
Boshqa usulni afzal koʻrasizmi?