Ayrim Samsung qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi. Oʻrnatishdan oldin qurilmangiz quyidagi talablarga mosligiga ishonch hosil qiling:
- eSIM dastaklaydi
- Operatorga bogʻlanmagan
- Barqaror internet aloqasiga ega
Airalo ilovasida bevosita oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?
Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:
- eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi > Bevosita
- YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Bevosita
Samsung Galaxy qurilmasida eSIM qanday qilib bevosita oʻrnatiladi?
- Airalo ilovasini oching
- eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang
- Tafsilotlar bandini bosing
- eSIM qanday oʻrnatiladi (yoki Oʻrnatish koʻrsatmalari) tugmasini bosing
- Bevosita tugmasini bosing
- eSIM oʻrnatish tugmasini bosing
- Ruxsat tugmasini bosing
- eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
Oʻrnatish yakunlangach, eSIM oʻrnatilganini tasdiqlovchi xabarni koʻrasiz.
Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?
Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:
- eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
- YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > Qism 2/2
Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?
- Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
- SIM-karta menejeri tugmasini bosing
- Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
- Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)
- Zarur boʻlsa, APN sozlamalarini yangilang (eSIM ulash koʻrsatmalaridan ham topish mumkin)
eSIM dastaklanuvchi mobil tarmoqqa avtomatik tarzda ulanishi kerak.
Qoʻshimcha koʻmak uchun yordam xizmati jamoasiga murojaat qiling, sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.
Boshqa usulda oʻrnatishni xohlaysizmi? Quyidagi usullarda ham oʻrnatishingiz mumkin: