Samsung Galaxy qurilmamda eSIM dastaklanishi yoki dastaklanmasligini qanday tekshiraman?
Ayrim Samsung Galaxy qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi, shu sababli dastlab qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Samsung Galaxy qurilmangiz eSIM'ni dastaklashi va aloqa operatoriga bogʻlanmaganini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring.
Airalo ilovasida QR kod orqali oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?
Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:
- eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > eSIM qanday oʻrnatiladi > QR kod
- YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > Oʻrnatish koʻrsatmalari > QR kod
Samsung Galaxy qurilmasida eSIM QR kod orqali qanday oʻrnatiladi?
- Airalo ilovasini oching
- eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang
- QR koddan skrinshot oling (yoki foydalanish uchun ilovani ochiq holda saqlang)
- Sozlamalar ruknini oching
- Ulanishlar rukniga kiring
- SIM karta menejeri tugmasini bosing
- eSIM qoʻshish tugmasini bosing
- QR kodni skanerlash tugmasini bosing
- Galereya/Rasmlar belgisi ustiga bosing va QR kod skrinshotini tanlang (yoki mumkin boʻlsa, bevosita skanerlang)
- Avval Tayyor, keyin Qoʻshish tugmasini bosing
- eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?
Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:
- eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM qanday ishlatiladi > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
- YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Oʻrnatosh koʻrsatmalari > Sahifa 2/2
Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?
- Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
- Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
- Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)
- Zarur boʻlsa, APN sozlamalarini yangilang (eSIM ulash koʻrsatmalaridan ham topish mumkin)
Boshqa usulda oʻrnatishni xohlaysizmi? Quyidagi usullarda ham oʻrnatishingiz mumkin: