Samsung Galaxy qurilmamda eSIM dastaklanishi yoki dastaklanmasligini qanday tekshiraman?
Ayrim Samsung Galaxy qurilmalarida eSIM dastaklanmaydi, shu sababli dastlab qurilmangizda eSIM dastaklanishini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Samsung Galaxy qurilmangiz eSIM'ni dastaklashi va aloqa operatoriga bogʻlanmaganini tekshirish uchun ushbu maqoladagi qadamlarni bajaring.
Airalo ilovasida eSIM oʻrnatish koʻrsatmalarini qayerdan topishim mumkin?
Quyidagi qadamlar orqali eSIM oʻrnatishga oid barcha koʻrsatmalarni topishingiz mumkin.
- Airalo ilovasini oching.
- eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang.
- “eSIM ishlatishga tayyormisiz?” rukniga kiring.
- Oʻrnatish yoki ulashish bandini tanlang.
QR koddan foydalanish uchun Boshqa variantlarni koʻrish tugmasini bosing va boshqa qurilmadan QR kodni skanerlang. QR kodni ulashishingiz ham mumkin.
Nega eSIM oʻrnatilgandan keyin oʻrnatish koʻrsatmalarini topa olmayapman?
Airalo eSIM oʻrnatilganini aniqlagandan keyin ilovada eSIM qoʻshish koʻrsatmalari ortiq koʻrinmasligi mumkin – ularning oʻrniga “Qanday ulaniladi” rukni chiqadi, bu rukn yordamida biror tarmoqqa ulanish va eSIM'ni ishlatishni boshlashingiz mumkin.
Biror sababga koʻra oʻrnatish koʻrsatamalarini koʻrishingiz kerak boʻlsa, buyurtmangiz tasdigʻi yuborilgan yoki eSIM yetkazilgan emailga biriktirilgan oʻrnatish koʻrsatmalari fayliga (PDF) qarashingiz mumkin.
Samsung Galaxy qurilmasida eSIM QR kod orqali qanday oʻrnatiladi?
- Airalo ilovasini oching
- eSIM kartalarim rukniga kiring va eSIM'ni tanlang
- QR koddan skrinshot oling (yoki foydalanish uchun ilovani ochiq holda saqlang)
- Settings ruknini oching
- Ulanishlar rukniga kiring
- SIM karta menejeri tugmasini bosing
- eSIM qoʻshish tugmasini bosing
- QR kodni skanerlash tugmasini bosing
- Galereya/Rasmlar belgisi ustiga bosing va QR kod skrinshotini tanlang (yoki mumkin boʻlsa, bevosita skanerlang)
- Avval Tayyor, keyin Qoʻshish tugmasini bosing
- eSIM faollashishi uchun bir necha daqiqa kuting
- eSIM kartangizni sozlashni yakunlash uchun koʻrsatilgan qoʻshimcha amallarni bajaring.
Airalo ilovasida ulanishga oid koʻrsatmalarni qayerdan topishim mumkin?
Ularni quyidagi joylarning biridan topishingiz mumkin:
- eSIM kartalarim > eSIM > Tafsilotlar > eSIM ishlatishga tayyormisiz > Tarmoqqa ulanish > Qanday ulaniladi
- YOKI eSIM kartalarim > eSIM > Oʻrnatosh koʻrsatmalari > Sahifa 2/2
Samsung Galaxy qurilmasini eSIM orqali qanday qilib mobil internetga ulayman?
- Sozlamalar > Ulanishlar rukniga kiring
- Mobil internet tugmasini bosing va eSIMʼni tanlang
- Zarur boʻlsa, Internet-roumingni yoqing (ilovada eSIM'ni ulash koʻrsatmalariga qarang)
- Zarur boʻlsa, APN sozlamalarini yangilang (eSIM ulash koʻrsatmalaridan ham topish mumkin)
Boshqa usulda oʻrnatishni xohlaysizmi?
Quyidagi usullarda ham oʻrnatishingiz mumkin:

