referral-hero-banner

Airalo tavsiya dasturi afzalliklari

Airalo tavsiya dasturiga xush kelibsiz! Bizning maqsadimiz – eSIM yordamida dunyoning turli burchaklari orasida xalqaro aloqani taʼminlashdir. 

Doʻstingizga bu ilovani tavsiya qilganingizda, sizga ham, doʻstingizga ham nimadir taqdim etishni xohlaymiz!

Bundan barcha tomonlar uchun manfaatlidir!

Tavsiya dasturi qanday ishlaydi?

Doʻstingiz sizning unikal kodingiz orqali Airalo xizmatidan roʻyxatdan oʻtganda siz ham, doʻstingiz ham Airmoneyʼda 3$ (AQSH dollari) ishlab olasiz. 

Airmoney – bu Airaloʼning ichki valyutasi boʻlib, uni eSIM xarid qilish yoki uning hisobini toʻldirish uchun ishlatish mumkin. 

Ilovaning eng oxirgi yangilanishlarini yuklab olganingizga ishonch hosil qiling.

Tavsiya dasturi shartlari va qoidalari

Qadamma-qadam koʻrsatmalar

1. Tavsiya kodingizni toping.

Profilingizda “Tavsiya qil va pul ishla” ruknini oching va unikal tavsiya kodini (masalan: MARK801) oling.

2. Tavsiya kodini doʻstlarga ulashing.

Doʻstlaringizga Airalo haqida ayting va ularga eSIM texnologiyasi sehrini ulashing. Tavsiya kodini ijtimoiy tarmoqlar, email yoki shaxsiy xabar orqali ulashing.

3. Doʻstingiz 3$ chegirmaga ega boʻladi.

Ular registratsiya yoki hisob-kitob vaqtida siz bergan tavsiya kodini ishlatsa, birinchi eSIM xaridi uchun 3$ chegirmaga ega boʻladi.

4. Siz hisobingiz uchun 3$ bonus olasiz.

Ular tavsiya kodingizdan foydalanib birinchi xaridini amalga oshirganida siz ham 3$ Airmoney kreditini ishlab olasiz. Tavsiya uchun bonus qabul qilinishi bilan sizga bildirishnoma keladi. Shuningdek, “Tavsiya qil va pul ishla” ruknida barcha tavsiya bonuslarini tekshirishingiz mumkin.

5. Olingan bonuslarni ishlating.

Ishlab olingan bonuslarni eSIM xarid qilish yoki uning hisobini toʻldirish uchun ishlatish mumkin. Hisob-kitob vaqtida toʻlov usuli sifatida Airmoney variantini tanlang.

refer-now-referral

Tayyor! Mana shunday oddiy va oson!

TAVSIYA QILISH